Omadsiz seriya: "Bilsangiz haydalish kuyini chaling"
O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Ektor Kuper navbatdagi manzildan iste’foga chiqdi.
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Ektor Kuper navbatdagi manzildan iste’foga chiqdi.
Suriya keyingi bosqichga chiqa olmadi
O‘zbekiston milliy terma jamoasini 2018—2019-yillarda boshqargan Ektor Kuper navbatdagi manzildan iste’foga chiqdi. Murabbiy Suriya bosh murabbiyligidan iste’foga chiqdi. Jamoa JCH-2026 saralashida 2-bosqichning so‘nggi turida Yaponiyaga 0:5 hisobida yutqazgach, 3-bosqichga va mundialga chiqa olmasligi ma’lum bo‘ldi. Amaldagi shartnoma JCH-2026 saralashi yakuniga qadar tuzilgan bo‘lib, Suriya saralashning hal qiluvchi bosqichiga chiqa olmagach, argentinalik mutaxassis bilan shartnoma o‘z-o‘zidan yakunlangan.
Muddatidan oldin uzilgan shartnoma
68 yoshli mutaxassis 2018-yilning avgust oyida O‘zbekiston milliy terma jamoasi boshqaruviga kelgan. Shundan so‘ng argentinalik murabbiy bosh jamoamizga 1-yildan ortiqroq muddat davomida ustozlik qiladi. JCH-2022 saralashi doirasidagi Falastindan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng O‘FA hamda Kuper tovon puli borasida o‘zaro kelishib olishgani haqida ko‘plab xabarlar tarqala boshlaydi. Shu yilning 23-sentyabr kuni Ektor Kuper rasman iste’foga chiqqani ma’lum qilinadi.
Yo‘lning boshi
Argentinalik murabbiy faoliyati davomida ko‘plab omadsizliklarga duchor bo‘lgan. Kuperning butun futbolchilik faoliyati Argentinada o‘tgan – u "Independente Rivadaviya", "Atletiko Urakan" va "Ferrokaril Oeste" klublarida o‘ynagan. "Ferrokaril Oeste" safida ikki bor Argentina chempionligiga erishgan. Besh bor mamlakat terma jamoasida maydonga tushgan. 1993-yil Kuper murabbiylik faoliyatini boshladi va u futbolchilikdan ko‘ra muvaffaqiyatli chiqdi: 1998-yilda Ispaniyaning "Malorka" klubi Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritdi, keyingi yil xuddi shu sovringa Kuper "Valensiya" bilan birga ega chiqdi. O‘sha 1999-yilda Kuperni Ispaniyada "Yil murabbiy" deb topishgan.
Omadsiz seriya
62 yoshli mutaxassisning faoliyatida so‘nggi pallada mag‘lub bo‘lish holati ko‘p bor uchragan. 1998-yil "Malorka" Ispaniya kubogi finalida "Barcelona"ga yutqazgan 1999-yil kubok egalari kubogi finalida "Malroka" Italiyaning "Latsio" klubiga yutqazib qo‘ygan. "Valensiya" Kuper boshchiligida ketma-ket ikki yil Yevropa chempionlar ligasi finaliga chiqqan va ikkala safar ham mag‘lub bo‘lgan. 2000-yil "Real"ga, keyingi yil "Bavariya"ga penaltilar seriyasida. 2002-yil, 5-may. "Latsio" yana bir bor Kuperni "oyog‘idan chaldi": Argentinalik murabbiy "Inter"da ishlayotgandi, agar "Latsio" mag‘lub etilsa 1989-yildan buyon ilk bor "Inter" Italiya chempioni bo‘lar edi. Ammo o‘sha bahsda "Latsio" 4:2 hisobida zafar quchgan, "Yuventus" chempionlikni ilib ketgandi. Hatto Misr terma jamoasi bilan ham mana shunday omadsizlik Kuperni tark etmadi: 2017 yilgi Afrika millatlar kubogi finalida Misr Kamerunga 1:2 hisobida yutqazib qo‘ygan.



