$
 12774.98
-15.14
 13914.51
-21.6
 130.14
0.11
weather
+26
Кечаси   +14°

Konditsioneri ishlamagan kupelarda chipta pullari chegirib qolinadi

positive

O‘rganish ishlari

Raqobat qo‘mitasi bir guruh san’atkorlar chiqqan kupeda havo sovitish tizimi ishlamagani yuzasidan o‘rganishlarini ma’lum qildi. 

Pullar qaytariladi

Raqobat va iste’molchi huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga ko‘ra, endilikda konditsioneri ishlamagan kupe uchun chiptadan ma’lum summadagi pullar chegirib qolinadi.

Bunda sovitish tizimi xizmatlari uchun ham chiptaga to‘lov qilingan, ammo yo‘lovchi poyezdlarida harakatlangan paytda konditsioner ishlamasa va bu holat o‘z tasdig‘ini topsa, yo‘lovchilarga havo haroratini mo‘tadillashtirish va sovitish tizimlari ishlamaganligi uchun tegishli miqdordagi pul mablag‘lari kompensatsiya sifatida qaytarib beriladi.

Murojaat qilishingiz mumkin

Qo‘mita yuqoridagi kabi muammolar yuzasidan tashkilotning o‘zi yoki "O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" AJga konditsioner ishlamayotganligini tasdiqlovchi foto va video materiallari bilan tegishli raqam va elektron pochta manzillariga murojaat qilish mumkinligi aytilgan.

Bundan avvalroq, 13 iyul kuni "Xiva - Andijon" yo‘nalishidagi poyezd yo‘lovchilari, xususan, san’atkorlar issiq havoda sovitish tizimi ishlamayotganidan norozi bo‘lgandi.

Ularga sotilgan chiptalarda kupeda konditsioner ishlashi yozilgandi. "O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" vagonlar eskirgani va anomal issiq sabab ularda nosozlik kuzatilganini aytib, uzr so‘ragan.

Теги :
Jamiyat