$
 12555.16
-25.11
 13430.25
-16.8
 147.69
2.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Ukrainadagi o‘zbekistonlik erkak kriptovalyuta o‘g‘irlashda ayblanmoqda

kriptovalyuta

U 11,8 million dollarlik kriptovalyutani o‘g‘irlashda ayblanib, Ukrainadan AQSHga ekstraditsiya qilindi.

20 yil qamoq jazosi va 250 ming dollar jarima

AQSH advokati Trini Rossga ko‘ra, ayblanuvchi Valeriy Dorojkin nomi bilan ham tanilgan. U kriptovalyuta o‘g‘irlash maqsadida elektron aloqa vositalaridan firibgarlik faoliyatini amalga oshirganlikda ayblanmoqda. Bu ayblovlar eng ko‘pi 20 yil qamoq jazosi va 250 ming dollar jarimani o‘z ichiga oladi.

EOSIO Wallet Explorer ilovasi

Tegishli ish bilan shug‘ullanayotgan AQSH advokati yordamchisi Duglas Penrosening ta’kidlashicha, 2018-yil iyun oyida o‘zbekistonlik erkak Apple kompaniyasiga EOSIO Wallet Explorer nomli ilovasini taqdim etib, uni Apple App Store do‘koni orqali sotishni niyat qilgan.

EOSIO Wallet Explorer go‘yoki kriptovalyuta hamyoni sifatida ko‘rsatilgan, aslida esa foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini o‘g‘irlash uchun mo‘ljallangan zararli dastur bo‘lib, shu tariqa Dorojkin kriptovalyuta fondlariga kirish huquqini olgan.

11,8 million dollarga teng bo‘lgan kriptovalyutalari

2018-yil sentyabr oyida Nyu Yorkning G‘arbiy okrugidan bir kishi (jabrlanuvchi) o‘zining iPhone’iga EOSIO Wallet Explorer’ni sotib olib o‘rnatgan. Jabrlanuvchi o‘zining shaxsiy kalitini (ma’lumotni) kiritganidan so‘ng, O‘zbekiston fuqarosi jabrlanuvchining kriptovalyuta hamyoniga ruxsatsiz kirish huquqiga ega bo‘lgan. Hamyonda o‘sha paytda qiymati 11,8 million dollarga teng bo‘lgan 2 milliondan ortiq EOS kriptovalyutalari bo‘lgan.

2018-yil 25-sentyabrda Dorojkin jabrlanuvchining hamyonidagi shaxsiy kalitni o‘zgartirgan, natijada jabrlanuvchi o‘z mablag‘larini boshqarish va foydalanish imkoniyatini yo‘qotgan.

Ruminiya va Ukraina rasmiylari bilan hamkorlik

2019-yil fevral oyida O‘zbekiston fuqarosi EOS kriptovalyutasini jabrlanuvchining hamyonidan o‘z nazorati ostidagi ko‘plab boshqa onlayn hamyonlarga o‘tkazgan. Adliya departamentining Xalqaro aloqalar boshqarmasi o‘zbekistonlikni hibsga olish va ekstraditsiya qilishni ta’minlash uchun Ruminiya va Ukraina rasmiylari bilan hamkorlik qilgan.

Ayblanuvchi sud tingloviga qadar hibsda qoladi

Valeriy Dorojkinning jinoyatda aybdorligi isbotlanmaguncha aybsiz hisoblanadi. U 2024-yil 3-iyulga belgilangan sud tingloviga qadar hibsda qolmoqda.

Теги :
Жамият