$
 12646.56
-27.81
 14461.34
-8.99
 160.88
-0.35
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Kriptovalyuta tufayli 12 kishi jazolandi

bit

Kriptovalyuta tufayli 12 kishi jazolandi 

Yil boshidan beri ushbu shaxslar litsenziyaga ega bo‘lmagan "Binance" onlayn birjasida oldi-sotdi qilishgan.

Bir oyda o'n ikkita ish

So‘nggi vaqtlarda kriptovalyuta savdosi O‘zbekistonda rosmana qizib ketdi. Shu bilan birga qonunbuzarliklar ham ancha ko‘payib qoldi. Xususan 14-maydan, 13-iyungacha bo‘lgan muddatda jami 12 ta kriptoga bog‘liq jinoiy ish ochilgan. Ushbu shaxslar kriptovalyuta savdosidagi qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘yganliklari uchun turli muddatga ozodlikdan mahrum etilgan yoki jarimaga tortilgan.

Berilgan jazolar

Ushbu fuqarolar, tegishli qonunlarga asosan jazolangan, xususan, 5 ta holatda 10 sutkadan, 1 ta holatda 5 sutka, 4 ta holatda 3 sutka ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilgan bo‘lsa, 2 holatda 6,8 million so‘m jarima to‘lash jazosi berilgan.

Qonun nima deydi?

Ma’lumot uchun, joriy yilning boshida qonunga kiritilgan o‘zgartishga ko‘ra , 155−4-modda (Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzish) 1-qismi kripto-aktivlarni qonunga xilof ravishda olish, o‘tkazish yoki ayirboshlash, belgilangan tartibda litsenziya olmasdan kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshirishni nazarda tutadi. Unga ko‘ra, huquqbuzarga 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi yoki BHMning 20 dan 30 baravarigacha jarima to‘lash jazosi beriladi.

Теги :
Jamiyat