$
 12858.15
-58.95
 14505.28
44.59
 159.71
-0.43
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

“Baxti Tashkentiskiy” va “Salim boyvochcha”larning yana bir kriminal avtoritet tanishi qo‘lga tushdi

Kriminal

Farg‘ona viloyatida olib borilgan tezkor tadbirlar davomida jinoyat olami vakillari bilan yaqin aloqada bo‘lgan va bir qancha jinoyatlarni sodir etishda gumonlanayotgan Egamberdiyev Abdullo Tavakkal o‘g‘li ushlangan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Qo‘lga olingan shaxs talonchilik bilan muqaddam sudlangan

Ma’lum qilinishicha, ushbu shaxs 1990-yilda tug‘ilgan, Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani “Baland masjid” MFY Navro‘z ko‘chasi 14-uyda yashovchi, muqaddam Jinoyat kodeksining 166-moddasi (Talonchilik) 2-qismi bilan sudlangan.

U jinoyat olamida yetakchi bo‘lishga uringan

U 2022-2023-yillarda “Baxti Tashkentskiy” nomi bilan tanilgan kriminal avtoritet Baxtiyor Qudratilloyev hamda “Salim boyvachcha” — Salim Abduvaliyev bilan tanishib, ular bilan yaqin aloqada bo‘lgan hamda jinoyat olamida yetakchi bo‘lishga uringan. Tezkor tadbirda Abdullo Egamberdiyev Farg‘ona shahrining Qirguli mavzesida qo‘lga olingan.

Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 2-qismi “a”, “b” bandlari, 28-moddasi orqali 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Hurmatli fuqarolar! Agar siz ham ushbu shaxsdan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz, yaqin oradagi ichi ishlar organlariga yoki 102 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar berishingiz so‘raladi”, – deyilgan xabarda.

Теги :
Jamiyat