$
 12900.00
-20.16
 14595.06
-86.12
 157.32
-1.29
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Oʻzbekistonda kimlar koʻproq taʼlim krediti olyapti?

Ta

O‘zbekistonda 2024-yilning may oyida qancha ta’lim krediti ajratilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.

45,4 mlrd. soʻm 

Unga ko‘ra, 2024-yil may oyi davomida 45,4 mlrd. so‘m miqdorida imtiyozli ta’lim kreditlari ajratildi. Mazkur kreditlar bilan 6 302 nafar talaba qamrab olindi. 

Katta qismi – xotin-qizlarga

Qayd etilishicha, ushbu kreditlarning katta qismi, ya’ni 70 foizi xotin-qizlarga berildi — 4 413 nafar talaba bu imkoniyatdan foydalandi.

Eslatib oʻtamiz, O‘zbekistonda 2024-yilning birinchi choragi davomida imtiyozli taʼlim kreditlari uchun 183,8 milliard so‘m ajratilgan. Mazkur kreditlar bilan 22 ming 151 nafar talaba qamrab olingan. 

Kreditlarning katta qismi, yaʼni 80 foizi xotin-qizlarga berilgan — 17 830 nafar talaba bu imkoniyatdan foydalangan.

Теги :
Jamiyat