$
 12815.13
12.07
 13898.01
-4.83
 133.20
1.36
weather
+26
Кечаси   +14°

$50 millionlik foizsiz kredit: Raqamli texnologiyalar vazirligi sun'iy intellektni rivojlantiradi

SI

Shavkat Mirziyoyev 14-oktabr kuni “Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

5 yil muddatga 50 million dollar

Hujjatga ko‘ra, Raqamli texnologiyalar vazirligiga sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish uchun 5 yil muddatga 50 million dollar miqdorida foizsiz kredit beriladi. Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish uchun 2025-yil 1-yanvardan boshlab vazirlikka belgilangan miqdorda kredit mablag‘lari ajratilishini ta’minlaydi.

“Katta ma’lumotlar” bazasi

Qarorda ushbu kredit Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamg‘armasi, shuningdek, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qaytarilishi belgilangan.

Vazirlik 2025-yil 1-sentabrga qadar loyihalar va ilmiy-amaliy tadqiqotlarni zarur ma’lumotlar bilan ta’minlash maqsadida qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq barcha axborot xavfsizligi choralarini ko‘rgan holda “katta ma’lumotlar” bazasini yaratadi.

Shu bilan birga, 2026-yil 1-mayga qadar sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish loyihalari doirasida ma’lumotlarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan hisoblash quvvatlarini ishga tushiradi.

Теги :
Жамият