$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda qaysi sohada eng ko‘p korxona faoliyat yuritmoqda?

Korxona

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yil 1-avgust holatiga ko‘ra O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va tashkilotlarning soni fermer va dehqon xo‘jaliklaridan tashqari 466,1 mingtani tashkil etmoqda.

1 oy ichida 10,5 ming ta yangi korxona

Bulardan 392,7 mingtasi kichik korxona va mikrofirmalar hisobiga to‘g‘ri keladi. Ma’lumot uchun, joriy yilning o‘tgan oyida korxona va tashkilotlar 455,6 mingtani tashkil qilgan edi. Hozirda O‘zbekistonda 14 266 ta chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxona va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lsa, ulardagi eng ko‘p kapital ulushi 2 972 ta bilan Rossiyaga tegishli.

Xorijiy davlatlar kapitali ishtirokida korxonalar soni quyidagicha:

1. Rossiya – 2 972 ta;

2. Xitoy – 2 838 ta;

3. Turkiya - 1 822 ta;

4. Qozog‘iston – 1 065 ta;

5. AQSh – 302 ta;

6. Janubiy Koreya - 660 ta;

7. Tojikiston – 295 ta;

8. Qirg‘iziston Respublikasi – 268 ta;

9. Ozarbayjon – 239 ta;

10. Turkmaniston – 192 ta;

11. va boshqalar – 3 337 tani tashkil etmoqda.

Qaysi sohalarda korxonalar ko‘proq?

Joriy yilning avgust oyigacha bo‘lgan muddatda 10,5 mingta yangi korxona tashkil etildi.

Eng keng tarqalgan sohalar:

1. savdo sohasida – 150 349 ta

2. qishloq, o‘rmon va baliqchilikda - 34 140 ta

3. sanoat sohasida – 63 185 ta

4. yashash va ovqatlanishda – 28 214 ta

5. axborot va aloqa sohasida – 10 198 ta

6. sog‘liqni saqlashda - 11 026 ta

7. qurilish sohasida – 30 331 ta

8. va boshqa turlar bo‘yicha – 117 084 tani tashkil etgan.