Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +23° kechasi +9°

Farg‘ona viloyati Xitoy bilan hamkorlikda metalni qayta ishlash zavodini ishga tushirmoqda

Uch bosqichli loyiha qiymati 120 million dollardan oshadi.

1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘ona viloyati Xitoy bilan hamkorlikda metalni qayta ishlash zavodini ishga tushirmoqda

Bu haqida hokimlik matbuot xizmati xabar qilgan. 

Metalni qayta ishlash zavodi

 Farg‘ona viloyati Toshloq tumanidagi "Taraqqiyot" sanoat zonasida metalni qayta ishlash zavodi loyihasi ishga tushirilmoqda.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning so‘zlariga ko‘ra, metallurgiya sohasidagi mazkur yirik loyiha xitoylik ishbilarmonlar bilan mustahkam, ishonchli hamkorlikning samarasi.

Yangi ish o‘rinlari

“Xitoyning “Shandong Aipurui Steel Plate Co., Ltd” kompaniyasi bilan tashkil etilayotgan loyiha uch bosqichdan iborat bo‘lib, uning qiymati 120 million dollardan ortiqni tashkil etadi, 500 ta yangi ish o‘rni yaratiladi”, — deyiladi xabarda.

Zavodning ishga tushish vaqti

Zavodning dastlabki bosqichi 2025-yilning birinchi choragida ishga tushishi ko‘zda tutilgan.

Qayd etilishicha, qayta ishlangan temir mahsulotlari ichki ehtiyojlarni qoplash bilan birga, tashqi bozorga eksport ham qilinadi.

Bundan tashqari, “Fargona metallurgiya zavodi” O‘zbekiston–Xitoy qo‘shma korxonasi ro‘yxatdan o‘tkazilib, o‘z faoliyatini boshladi.