$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston korxonalarida qaysi davlat kapitali yuqori?

positive

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yil 1-iyul holatiga O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va tashkilotlarning soni fermer va dehqon xo‘jaliklaridan tashqari 455,6 mingtani tashkil etdi. 

Bularda 387,1 mingtasi kichik korxona va mikrofirmalar hisobiga to‘g‘ri keladi. 

Xorijiy kapital

Hozirda O‘zbekistonda 13 880 ta chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxona va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lsa, ulardagi eng ko‘p kapital ulushi 2 911 ta bilan Rossiyaga tegishli.

Xorijiy davlatlar kapitali ishtirokida korxonalar soni quyidagicha:

1. Qozog‘iston – 1 043 ta;

 2. Tojikiston – 291 ta;

 3. Qirg‘iziston Respublikasi – 267 ta;

 4. Ozarbayjon – 230 ta;

 5. Belarus – 207 ta;

 6. Turkmaniston – 186 ta;

 7. Armaniston – 44 ta;

 8. Moldova – 24 tani tashkil etmoqda.

Qaysi sohalarda korxonalar ko‘proq?

Yaqin oylar, yanvar-iyun oralig‘ida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 1 885 ta yangi korxona tashkil etildi.

Eng keng tarqalgan sohalar:

1. savdo sohasida – 766 ta

2. sanoat sohasida – 303 ta

3. axborot va aloqa sohasida – 160 ta

4. qurilish sohasida – 157 tani tashkil etgan. Bu yo‘nalishlarda chet el kapitali ishtirokidagi korxonalar qolganlariga qaraganda yuqoriroq.

Теги :
Jamiyat