$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Farg‘onada to‘y korteji uyushtirganlar qamaldi

to to'y korteji

Farg‘onada do‘stining to‘yi kuni turli xil kartejlar uyushtirgan huquqbuzar haydovchilar javobgarlikka tortildi.

Ular yo‘lovchilar hayotini xavf ostida qoldirgan

Ma’lum bo‘lishicha, Farg‘ona viloyatining, O‘zbekiston tumanida do‘stining to‘yiga borgan yigitlar boshqa transport vositalarining qatnoviga halaqit berib, to‘y korteji uyushtirgan.

Ular yo‘lovchilarning hayotini xavf ostida qoldirgan. Ushbu huquqbuzarlik aks etgan videolari esa ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan va keng muhokamalarga sabab bo‘lgan.

Har biriga 5 sutkadan

Holat yuzasidan shu kunni o‘zida o‘rganish ishlari olib borilib, haydovchilar shaxsiga aniqlik kiritilgan. Barcha haydovchilarning mashinalari jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Sud xulosasiga ko‘ra, haydovchilar mayda bezorilik jinoyatini qilishda aybli deb topilib, ularning har biri 5 sutkaga qamalgan.

So‘nggi pushaymon

“Tanishimning to‘yida o‘zimni BYD mashinamda qarama-qarshi harakatlandim. Qilgan ishimdan pushaymonman”, — dedi haydovchilardan biri.

Теги :
Jamiyat