$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Sport vazirligiga korrupsiya faktlariga doir 47 ta murojaat kelib tushdi

korrupsiya

AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Sport vazirligi axborot xizmati rahbari Nurbek Salomov 2024-yilning 6 oyi davomida korrupsiya faktlariga doir 47 ta murojaat kelib tushgani xususida ma’lumot berdi.

“ERP sport” yagona elektron boshqaruv tizimi

Vazirlik tizim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilishda inson omilini qisqartirish maqsadida “ERP sport” yagona elektron boshqaruv tizimi doirasida 24 ta yo‘nalishda xizmatlar bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etilmoqda.

Xususan, “ERP sport” yagona elektron boshqaruv tizimi orqali masofadan turib nazorat va xavfni tahlil qilish yo‘lga qo‘yildi. 

Qo‘shma qarori qabul qilindi

Sport vazirligi tizimida byudjet mablag‘larining maqsadli va samarali ishlatilishi ustidan monitoring va nazorat tizimini o‘rnatish maqsadida Hisob palatasi, Bosh prokuratura, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Sport vazirligining qo‘shma qarori qabul qilindi hamda ushbu qo‘shma qaror bilan “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi. 

Aniqlangan mablag‘larning noqonuniy sarflanishi

“Masofaviy nazorat” tizimida aniqlangan mablag‘larning noqonuniy sarflanishi ehtimoliy xavflari va ularning bartaraf etilishi yuzasidan Sport vazirligiga ish haqi hisoblanishi va to‘lanishi bo‘yicha 525 ta, davlat xaridlari bo‘yicha 4 ming 227 ta, jami 4 ming 752 ta xavf kelib tushgan bo‘lib, shundan o‘rganib chiqilgan holda 2 ming 774 tasi nazoratdan yechilgan. 

Shuningdek, Sport vazirligiga o‘tgan olti oyda kelib tushgan 47 ta murojaatdan 21 tasi o‘rganish natijalari yuzasidan to‘plangan hujjatlar huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgani ma’lum qilindi. 

Теги :
Jamiyat