Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 96 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +11° kechasi +8°

Korrupsiya bilan endi virtual kurashamiz

Yangi farmonga ko‘ra, korrupsiyaga qarshi kurashish uchun virtual akademiya tashkil qilinib, unda aholi va davlat xizmatchilari sohadagi bilimlari oshiriladi.

2 daqiqa o‘qiladi

Korrupsiya bilan endi virtual kurashamiz

Yangi farmonga ko‘ra, korrupsiyaga qarshi kurashish uchun virtual akademiya tashkil qilinib, unda aholi va davlat xizmatchilari sohadagi bilimlari oshiriladi.

Prezidentning qarori asosida tuziladi

Ushbu akademiya davlat rahbarining “Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (PQ-228-son, 21.06.202024-y) qarori asosida tashkil qilinadi. Ushbu muassasa aholi va davlat xizmatchilari orasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bilimlarini oshirishga xizmat qiladi.

Muassasa vazifalari

2025-yil 1-yanvardan ishga tushadigan virtual akademiya vazifalari deb quyidagilar belgilandi:

aholi va davlat xizmatchilarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, yosh avlod ongiga halollik qadriyatlarini singdirish;

korrupsiyaga qarshi kurashishga mas’ul hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlar yuqori bo‘lgan davlat xizmati lavozimlaridagi xodimlarning bilim, ko‘nikma va malakalarini doimiy ravishda oshirib borish;

davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini baholash va sertifikatlash hamda sertifikat olgan davlat xizmatchilarining reyestrini yuritish;

korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi milliy va xorijiy tajriba, ilmiy, uslubiy va amaliy ishlanmalar, erishilgan yutuqlar bo‘yicha elektron ma’lumotlar bazasini yuritish;

korrupsiyaga qarshi kurashishning dolzarb muammolari yuzasidan ilmiy-tadqiqot dasturlari va loyihalarini, shu jumladan, milliy, xorijiy va xalqaro grantlarni jalb qilgan holda amalga oshirish.

Davlat xizmatchilari majburiy o‘qiydi

Ushbu akademiyada davlat xizmatchilarining malaka oshirish kurslarini o‘qishi majburiy etib belgilandi, boshqalarga esa ixtiyoriy. Undan tashqari davlat ishchilari har kamida 3 yilda bir ushbu akademiyada malaka oshirishni o‘taydi. Ushbu akademiyada davlat xizmatchilaridan tashqari aholi, tadbirkorlik subyektlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari, ta’lim muassasalari talabalari, o‘quvchilar hamda davlat ishtirokidagi korxonalar xodimlari ham o‘qishi mumkin bo‘ladi.