$
 12586.41
-13.51
 13497.67
-13.22
 144.49
0.01
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘z oyog‘iga bolta urgan mansabdor

korrup

O‘z oyog‘iga bolta urgan mansabdor

Ijara huquqi asosidagi yerni sotib yubormoqchi bo‘lgan amaldor qo‘lga olindi.

Yer oldi-sotdi jarayonlari

Ma’lumki, yer oldi-sotdisi e-auksion orqali amalga oshiriladi. Bu orqali savdo jarayoniga inson omilini kamaytirib, korrupsion holatlarning oldi olinishi nazarda tutilgan.

Ammo bu tartibni mensimaslik holatlari ham uchrab turibdi. Qoraqalpog‘istonda ham shunday holat yuz berdi. 

Ijara huquqi asosidagi yerni 300 millionga pullamoqchi bo‘lgan shaxs

Qoraqalpog‘iston prokuraturasi hamda O‘zbekiston DXX Qoraqalpog‘iston boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda To‘rtko‘l tumanida yashovchi fuqaro o‘z boshqaruvi ostida bo‘lgan jamiyatga ijara huquqi asosida biriktirilgan 10 gektar yer maydoni va baliq hovuzini o‘z tanishlari orqali keyinchalik rasmiylashtirib berishni va’da qilib, 300 million so‘m pulni talab qilgan. 

U pulning 120 million so‘m qismini olish vaqtida qo‘lga olingan.

Jinoyat ishi

Yuqoridagi holat yuzasidan mansabdor shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda surishtiruv va tergov harakatlari amalga oshirilmoqda.

Теги :
Жамият