$
 12984.44
9.35
 13442.79
69.36
 129.90
2.27
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yilda energetika sohasida korrupsiya bo‘yicha 13 ta murojaat kelib tushdi

korrupsiya

Energetika sohasi faoliyatiga oid fuqarolarning murojaatlari 2024-yilda sezilarli darajada ortdi. Jami 135 066 ta murojaat xalq qabulxonalari va virtual qabulxona orqali kelib tushgan. Murojaatlar asosida masalalar hal qilinib, xodimlarning mas’uliyati nazorat qilindi.

Murojaatlar manbalari va ko‘rib chiqish natijalari

Energetika vazirligiga bevosita kelib tushgan jami 2660 ta murojaatning asosiy qismi virtual qabulxona (841 ta) va ishonch telefoni (627 ta) orqali qabul qilingan. Shuningdek, yozma shaklda 424 ta, elektron pochta orqali 277 ta, veb-sahifa orqali 197 ta va og‘zaki tarzda 294 ta murojaat kelib tushgan.

Ushbu murojaatlarning 87 foizi, ya’ni 2238 tasi qanoatlantirilgan, 331 tasiga tushuntirish berilgan, 17 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan, 13 tasi tegishli idoralarga yuborilgan va 61 tasi o‘rganish jarayonida qolmoqda.

Yoqilg‘i-energetika sohasidagi murojaatlar statistikasi

Yoqilg‘i-energetika sohasi bo‘yicha xalq qabulxonalari va virtual qabulxonalar orqali jami 135 066 ta murojaat kelib tushgan. Ushbu murojaatlarning 109 060 tasi qanoatlantirilgan bo‘lsa, 20 216 tasiga tushuntirish berilgan. Shu bilan birga, 857 ta murojaat ko‘rmasdan qoldirilgan, 362 tasi rad etilgan va 64 tasi tegishli idoralarga yuborilgan. Hozirda 4507 ta murojaat o‘rganish jarayonida bo‘lib, ularni ko‘rib chiqish davom etmoqda.

Mas’ul xodimlarning javobgarligi

Qonun buzilish holatlari bo‘yicha jami 140 nafar mas’ul xodim javobgarlikka tortilgan. Ulardan 33 nafariga jarima solingan, 101 nafariga hayfsan e’lon qilingan, va 5 nafarining mehnat shartnomasi bekor qilingan. Shunga qaramay, jinoiy javobgarlik holatlari qayd etilmagan.

Korrupsiya faktlariga oid murojaatlar

2024-yilda korrupsiya bo‘yicha jami 13 ta murojaat qabul qilingan. Eng ko‘p murojaatlar Toshkent shahridan (4 ta) va Samarqand viloyatidan (3 ta) kelib tushgan. Bu murojaatlar “Hududgazta’minot”, “Hududiy elektr tarmoqlari” va “O‘zbekneftgaz” kabi tashkilotlarga tegishli bo‘lgan.

OAVda yoritish va jamoatchilik bilan ishlash

Murojaatlar natijalari bo‘yicha jami 691 ta chiqish OAVda yoritilgan. Ushbu chiqishlarning 213 tasi televideniye va radio orqali, 74 tasi bosma OAVlarda, 6 tasi elektron platformalarda e’lon qilingan. Shuningdek, 328 ta chiqish idoraning rasmiy saytida joylashtirilgan.

 

Теги :
Jamiyat