Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga qaysi sohalar bo‘yicha ko‘proq murojaat tushmoqda?
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga o‘tgan yilda kelib tushgan murojaatlar salmog‘i 2023-yil bilan solishtirganda 17,8 foizga oshgan.
1 daqiqa o‘qiladi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga o‘tgan yilda kelib tushgan murojaatlar salmog‘i 2023-yil bilan solishtirganda 17,8 foizga oshgan.
Qancha murojaat kelib tushdi?
2024-yil davomida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga jami 4 176 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 4 144 tasi ko‘rib chiqilishi taʼminlangan, 32 tasi ko‘rib chiqilmoqda. 2023-yil bilan solishtirganda murojaatlar salmog‘i 17,8 foizga oshgan.
Qaysi masalalarda?
Murojaatlar asosan quyidagi soha va yo‘nalishlar bo‘yicha kelib tushgan:
- sud qarorlari bo'yicha 398 ta (9,5%);
- surishtiruv va tergovga qadar tekshirish harakatlari yoki qarorlari yuzasidan norozilik 260 ta (6,2%);
- tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish masalasida 215 ta (5,1%).
Qabul qilingan qarorlar bekor qilindi
Murojaatlarni o‘rganish natijasiga ko‘ra:
- 7 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan, shundan 1 nafar davlat idorasi xodimi bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan;
- 19 ta qabul qilingan qarorlar bekor qilingan;
- 6 ta jinoyat ishi, 10 ta maʼmuriy ish qo‘zg‘atilgan va mavjud xato-kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilgan.



