$
 11797.92
-15.29
 13739.86
20.0
 138.00
1.29
weather
+26
Кечаси   +14°

Talabalar kontraktni qachongacha to‘lashi kerak?

Kontrakt

Oliy ta’limda to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar yillik kontrakt summasini bir yo‘la to‘lashlari shart emas. Amaldagi tartibga ko‘ra, to‘lovni o‘quv yili davomida to‘rt qismga bo‘lib amalga oshirish mumkin.

Birinchi kursga o‘qishga tavsiya etilgan talabalar kontrakt summasining kamida 25 foizini 15-sentabrgacha to‘lashi kerak. Ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalari uchun dastlabki 25 foizlik to‘lov muddati 1-oktabrgacha etib belgilangan.

Keyingi to‘lovlar esa quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

– 50 foiz – 1-yanvargacha;

– 75 foiz – 1-martgacha;

– 100 foiz – 1-maygacha.

Muddatni uzaytirish

Belgilangan muddatlarni uzaytirish imkoniyati ham mavjud. Birinchi kurs talabalari uchun dastlabki to‘lov muddatini uzaytirish vakolati Davlat qabul komissiyasiga, boshqa holatlarda esa OTM rektoriga berilgan. Masalan, 2025/2026-o‘quv yilida birinchi kurs talabalari uchun dastlabki 25 foizlik to‘lov muddati 30-oktabrgacha uzaytirilgan edi.

Super kontrakt asosida o‘qishga kirganlar ham kontraktni bo‘lib to‘lashi mumkin. Biroq bunda dastlab kontrakt summasining 50 foizini to‘lash talab etiladi, qolgan summa esa umumiy tartibda bo‘lib to‘lanadi.

Moliyaviy mustaqillik berilgan davlat OTMlari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari kontrakt miqdori va to‘lov muddatlarini mustaqil belgilashi mumkin.

Joriy yilda oliy ta’limning birinchi va yuqori bosqichlariga qabul qilingan talabalar kontrakt to‘lovi bo‘yicha kontrakt.edu.uz orqali ariza yuborishi mumkin.

Теги :
Jamiyat