Qaysi mahsulot eng koʻp soxtalashtirildi?
Adliya vazirligi 2024-yildagi intellektual mulk huquqiga oid hisobotni e’lon qildi.
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Adliya vazirligining 2024-yil yakunlari bo‘yicha taqdim etilgan hisobotida intellektual mulk huquqining buzilishi yuzasidan aniqlangan kontrafakt mahsulotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘rganildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bunday huquqbuzarliklar oziq-ovqat mahsulotlarida eng yuqori ko‘rsatkichni tashkil etdi.
Oziq-ovqat mahsulotlari – eng katta ulush
Hisobotga ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlaridagi intellektual mulk huquqi buzilishlari umumiy ulushning 31 %ini tashkil qiladi.
Gigiyena vositalari 17% bilan ikkinchi o‘rinda turadi. Alkogol mahsulotlari esa 8%, farmatsevtika mahsulotlari 4% ulushga ega. Boshqa turdagi mahsulotlar esa 25% ulushni tashkil qiladi.
Mualliflik va turdosh huquqlarga oid huquqbuzarliklar umumiy ulushning 15 %ini tashkil etmoqda.
2023-yildagi ko‘rsatkichlar
2023-yildagi intellektual mulk huquqlariga oid hisobotga ko‘ra, ushbu segment soxtalashtirishning 31 %ini tashkil qilgan. Shuningdek, gigiyena vositalari 17 % ulush bilan ikkinchi o‘rinda qayd etildi.
Boshqa turdagi mahsulotlar esa 25 % ulush bilan uchinchi o‘rinni egalladi. Mualliflik va turdosh huquqlarga oid buzilishlar umumiy soxtalashtirishning 15 %ini tashkil qilgan. Alkogol mahsulotlari 8 % ulush bilan ro‘yxatda beshinchi o‘rinda, farmatsevtika mahsulotlari esa 4 % ulush bilan eng kam soxtalashtirilgan tovarlar qatoriga kiritilgan.



