$
 12875.06
13.23
 13406.80
-90.4
 124.75
-0.72
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistondagi ayrim gaz konlari eskirmoqda, gaz qazib olishdagi asosiy muammo nimada?

Kon

Prezident 19 dekabr kuni gaz qazib olishning joriy holati va uni yanada oshirish chora-tadbirlari yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi.

Ayrim konlar foydalanish muddatini deyarli oʻtab boʻlgan

Shavkat Mirziyoyev gaz qazib olishdagi asosiy muammo deb geologiya-qidiruv ishlariga uzoq yillar yetarlicha eʼtibor qaratilmaganini aytdi. Oqibatda ayrim konlar foydalanish muddatini deyarli oʻtab boʻlgan, yana baʼzilarining samaradorligi past.

Seysmik qidiruv hududi 6,5 ming kvadrat kilometrga kengaytiriladi

Yig‘ilishda qayd etilishicha, endi zamonaviy texnologiya olib kelinib, 15 ta yangi istiqbolli maydonda geologiya-qidiruv ishlari boshlanadi. Seysmik qidiruv hududi 6,5 ming kvadrat kilometrga kengaytiriladi.

Yigʻilishda “Oʻzbekneftgaz” AJ raisi joriy yilda bajarilgan ishlar va 2025-yilgi ustuvor vazifalar toʻgʻrisida axborot berdi.

Konlar bo‘yicha yangi dastur

Xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikda kelasi yil gaz qazib chiqarish hajmini barqarorlashtirish loyihalari shakllantirildi. Mutasaddilarga yirik xorijiy kompaniyalar va ekspertlarni jalb etgan holda, geologiyani rivojlantirish va yangi konlarni oʻzlashtirish boʻyicha 2025-yil uchun dastur ishlab chiqish topshirildi.

Investitsiya jalb qilish masalasi

“Oʻzbekneftgaz”da transformatsiyani davom ettirib, tannarxni kamaytirish, xalqaro kredit reytingini yaxshilash vazifa qilib olingan. Jumladan, kelgusi yilda ishlab chiqarish va geologiya-qidiruv loyihalarini moliyalashtirish uchun xalqaro manbalardan mablagʻ jalb qilinishi moʻljallangan.

Теги :
Jamiyat