Juma, 23-oktabr, 2026
Havo 80 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +10° kechasi +8°

Raqamli mahorat katta sahnada: eng kuchli kompyuter grafikasi ustalari taqdirlandi

Prezident sovrini uchun tashkil etilgan “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari – 2026” respublika kasbiy mahorat tanlovida kompyuter grafikasi yo‘nalishining eng kuchli ishtirokchilari aniqlandi.

2 daqiqa o‘qiladi

Raqamli mahorat katta sahnada: eng kuchli kompyuter grafikasi ustalari taqdirlandi

Prezident sovrini uchun tashkil etilgan “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari – 2026” respublika kasbiy mahorat tanlovida kompyuter grafikasi yo‘nalishining eng kuchli ishtirokchilari aniqlandi.

Tanlov davomida turli hududlardan kelgan yoshlar kompyuter grafikasi bo‘yicha o‘z bilim va mahoratini namoyish etdi. Yakunda eng yuqori natija qayd etgan 12 nafar ishtirokchi sovrinli o‘rinlarni egalladi.

G‘oliblar Humo Arena’da katta tantana bilan kutib olindi. O‘zbekistonda ilk bor amaliy kasb egalari shunday keng ko‘lamda katta sahnaga olib chiqilib, medallar va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Kompyuter grafikasi yo‘nalishida o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:

1-o‘rin

Ruxshona Raxmatullayeva — Toshkent viloyati

Maftuna Sharofova — Jizzax viloyati

2-o‘rin

Nasrullo Mahmudjonov — Toshkent shahri

Qobilbek Odilov — Farg‘ona viloyati

Ozodbek Teshayev — Buxoro viloyati

Aqilbek Ismatullayev — Toshkent viloyati

3-o‘rin

Albert Kim — Toshkent shahri

Abduazim Abdumutalliboyev — Andijon viloyati

Fazliddin Xabibullayev — Samarqand viloyati

Umid Safarov — Buxoro viloyati

Marat Abdumannopov — Toshkent viloyati

Muhammadzohir Ma’rufjonov — Namangan viloyati

G‘oliblar bilan birga ularni tanlovga tayyorlagan ustozlarning mehnati ham Humo Arena sahnasida alohida e’tirof etildi.

“Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” tanlovi doirasida kompyuter grafikasi bilan bir qatorda payvandlash, santexnika, elektromontaj, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish, oshpazlik, moda texnologiyalari va boshqa amaliy kasblar bo‘yicha ham eng mahoratli yoshlar saralandi. 10 ta yo‘nalish bo‘yicha jami 120 nafar g‘olib va sovrindor taqdirlandi.

Tanlovning eng kuchli ishtirokchilari uchun navbatdagi katta marra — WorldSkills xalqaro chempionati. Unda O‘zbekiston sharafini himoya qilib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchiga Prezident tomonidan 1 mlrd 30 mln so‘m mukofot berilishi ko‘zda tutilgan.