$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Oʻzbekistonda yangi 4 ta Komissiya tashkil qilinadi

Mansabdor

Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida bir qator Komissiyalarni tashkil qilindi.

Yangi komissiyalar 

Jumladan, yigʻilishda:

  • Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Qonunchilikni Jahon savdo tashkiloti bitimlariga uygʻunlashtirish boʻyicha komissiyasini tuzish toʻgʻrisidagi;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Iqlim oʻzgarishi oqibatlarini kamaytirish va “yashil” iqtisodiyotga oʻtishni tezlashtirish masalalari boʻyicha komissiyasini tuzish toʻgʻrisidagi;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Jamoaviy tashabbuslar boʻyicha komissiyasini tuzish toʻgʻrisidagi;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Odob-axloq komissiyasini tuzish toʻgʻrisidagi qarorlar qabul qilindi.

Yer kodeksiga oʻzgartirish kiritildi 

Shuningdek, majlisda “O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilmoqda.

Qonun loyihasi bilan sug‘oriladigan yer uchastkalarini boshqa toifaga o‘tkazish bo‘yicha talablar qonun darajasida yanada kuchaytiriladi, toifasi o‘zgartirilgan yer uchastkalaridan kelgusida foydalanish bo‘yicha aniq shartlar qo‘yiladi. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini foydalanish turiga qarab 2 guruhga, ya’ni qishloq xo‘jaligi yer uchastkalari va qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi yerlarga bo‘lish bo‘yicha aniq normalar kiritilmoqda.

Huquqiy normalar 

Bundan tashqari, sug‘oriladigan yerlarni qat’iy muhofaza qilish, bunday yerlardan boshqa maqsadlarda foydalanish masalasini faqatgina sug‘oriladigan yerlarning suv ta’minoti va tuproq sifatida bilan bog‘liq jiddiy o‘zgarishlar yuz bergan taqdirda ko‘rib chiqilishi yuzasidan huquqiy normalar belgilanmoqda.

Loyihada zaxira fondi tarkibidagi yer uchastkalari hamda yer uchastkasiga bo‘lgan huquq bekor qilinishi munosabati bilan tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati organlari tasarrufiga qaytgan bo‘sh turgan yer uchastkalari o‘rtasidagi farqni aniq belgilab qo‘yish ham nazarda tutilyapti.

Теги :
Jamiyat