$
 12496.94
-62.32
 14405.22
-7.79
 159.38
-0.79
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Kollej va texnikumlarga qabul kvotalari tasdiqlandi

Texnikum

Kollej va texnikumlarga qabul parametrlari tasdiqlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.

106 256 ta qabul kvotasi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i bilan 2024/2025 o‘quv yilida kollej va texnikumlarga kunduzgi, kechki, sirtqi va dual ta’lim shakllari bo‘yicha jami 106 256 ta qabul kvotasi tasdiqlandi.

Shundan:

-        45 ta kollej uchun — 15 ming 977 ta;

-        218 ta texnikum uchun — 90 ming 279 ta.

Kollejlarga ta’lim shakli bo‘yicha qabul parametrlari

Respublika bo‘yicha kollejga kunduzgi ta’lim shakliga qabul kvotasi jami 9 587 ta etib belgilandi. Shundan, davlat granti asosida 4 822 ta bo‘lsa, to‘lov-kontrakt asosida 4 765 ta kvota belgilandi.

Shuningdek, kechki ta’lim shakliga qabul kvotasi jami 60 ta, sirtqi ta’lim shakliga qabul kvotasi jami 4 050 ta etib belgilandi. Mazkur ta’lim shakllari faqat to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Shu bilan birga, kollejlarga dual ta’lim shakliga qabul kvotasi jami 2 280 ta etib belgilandi.

Shundan:

-        davlat granti asosida — 600 ta;

-        to‘lov-kontrakt asosida — 1 680 ta.

Texnikumlarga ta’lim shakli bo‘yicha qabul parametrlari

Texnikumlarga respublika bo‘yicha kunduzgi ta’lim shakliga qabul kvotasi jami 67 725 ta ajratildi. Unga ko‘ra, kvotalarning 30 441 tasi davlat granti, 37 284 tasi to‘lov-kontrakt asosida.

Texnikumlarga kechki ta’lim shakliga qabul kvotasi jami 1 450 ta etib belgilangan bo‘lsa, sirtqi ta’lim shakliga qabul kvotasi jami 13 105 tani tashkil qilmoqda. Bunda ham mazkur ta’lim shakllar faqat to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Shuningdek, Respublika bo‘yicha dual ta’lim shakliga jami 7 940 ta qabul kvotasi ajratildi.

Shundan:

-        davlat granti asosida — 5 480 ta;

-        to‘lov-kontrakt asosida — 2 460 ta.

 

Texnikumlarga davlat granti asosida qo‘shimcha qabul parametrlari

Adliya vazirligi yuridik texnikumlariga 2024/2025-oʻquv yili kirish sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar farzandlari, “Mehribonlik uyi” va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari, I guruh nogironligi bo‘lgan, shu jumladan ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun davlat granti asosida qo‘shimcha qabul kvotasi jami 59 ta etib belgilandi. 

Теги :
Jamiyat