Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +23° kechasi +9°

O‘zbekistonda Suv kodeksi qabul qilinadi

Kodeks suv resurslaridan oqilona foydalanish va suv infratuzilmasini yaxshilashga xizmat qiladi.

1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda Suv kodeksi qabul qilinadi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining Suv kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan ishchi guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Suv kodeksi loyihasi muhokama qilinmoqda

Yig‘ilishda qonun loyihasi atroflicha ko‘rib chiqilib, uni birinchi o‘qishda yalpi majlisda muhokama qilish jarayonida deputatlar tomonidan berilgan bir qator takliflar chuqur tahlil qilindi.

Kodeks nimaga xizmat qiladi?

Xususan, deputatlar kodeks loyihasini takomillashtirish davomida asosiy e’tiborni suvdan oqilona foydalanish, samarali boshqarish va muhofaza qilishni ta’minlaydigan huquqiy shart-sharoitlar yaratishga, suv yetkazib beruvchilar va suv iste’molchilarining mas’uliyati oshirishga qaratmoqda.

Global suv taqchilligiga qarshi kurash

Qonun loyihasining qabul qilinishi mamlakatning suv xavfsizligiga erishish, global suv taqchilligi kuchayib borayotgan davrda barcha iqtisodiyot tarmoqlarining va atrof-muhitning suvga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, suv resurslaridan oqilona foydalanish, suv infratuzilmasining va sug‘oriladigan yerlarning holatini yaxshilashga xizmat qiladi.

Hozirda mas’ul qo‘mitada qonun loyihasini takomillashtirish ishlari davom etmoqda.