$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda stomatologiya xizmatlarining 91 foizi xususiy klinikalar tomonidan ko‘rsatilyapti

Stomatologiya

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistondagi xususiy klinikalar haqida statistikani taqdim etdi.

8 800 ta xususiy shifoxona

Unga ko‘ra, so‘nggi 8 yilda mamlakatimizda xususiy shifoxonalar 2,7 barobarga ko‘payib, ular soni 3 200 tadan 8 800 taga yetdi. E’tiborlisi, ular soni har yili o‘rtacha 500-600 taga ortyapti.

Shuningdek, xususiy tibbiyot muassasalarining barchasida ambulator, 1532 tasida stasionar xizmatlari tashkil etilib, ular tomonidan ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat turlari 726 tadan 2 251 taga oshdi.

O‘rin-joylarning 35 foizi xususiy sektor ulushiga to‘g‘ri kelmoqda

Qolaversa, ayni paytda yurtimizdagi barcha tibbiyot muassasalarida tashkil etilgan o‘rin-joylarning 35 foizi xususiy sektor ulushiga to‘g‘ri kelmoqda. Ya’ni so‘nggi yillarda nodavlat tibbiyot klinikalarida stasionar shifo o‘rinlari soni sezilarli darajada ortib, 2024-yilda 42 744 tani tashkil etyapti.

Shu bilan birga, bugungi kunda sog‘liqni saqlash tizimida nodavlat tibbiyotning ulushi 30 foizga yetdi.

stomatologiya xizmatlarining 91 foiz ulushi xususiy klinikalarga to‘g‘ri kelmoqda

Jumladan, laboratoriya xizmatlarining 40 foizi, oftalmologiya va operativ oftalmologiyaning 60 foizi, LOR va endoskopik LORning 70 foizi va stomatologik tashxis hamda muolajalarning 91 foizi aynan xususiy klinikalar tomonidan ko‘rsatilyapti. 

Теги :
Jamiyat