$
 12855.93
11.93
 13570.72
20.3
 128.16
-0.14
weather
+26
Кечаси   +14°

Kiyevda vaziyat keskin: Ko‘plab elchixonalar faoliyatini yakunladi, O‘zbekiston-chi?

Kiyev Foto: Reuters

AQShning Kiyevdagi elchixonasi 20-noyabr, chorshanba kuni ehtimoliy “kuchli havo hujumi” haqida ogohlantirdi. Bayonotda ehtimoliy hujum haqida “aniq ma’lumot” olingani va ehtiyot chorasi sifatida elchixona yopilishi aytilgan. AQSh fuqarolariga havo hujumi sodir bo‘lgan taqdirda darhol boshpana izlashga tayyorgarlik ko‘rish tavsiya etildi. Kreml AQSh elchixonasi xabariga izoh berishdan bosh tortdi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

Yana qaysi elchixonalar faoliyatini to‘xtatdi?

Amerika diplomatik missiyasi ortidan Ispaniya, Italiya va Gretsiya elchixonalari xavfsizlikka ehtimoliy tahdidlar tufayli o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Ukrainada yashovchi ispan fuqarolariga elektron pochta orqali mahalliy hokimiyatlarning barcha ko‘rsatmalariga rioya qilish va boshpana yaqinida bo‘lish tavsiya qilindi.

O‘zbekiston elchixonasi odatiy rejimda ishlamoqda

O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi faoliyatini to‘xtatmagan, odatiy rejimda ishini davom ettirmoqda va yopilmagan. Bu haqda TIV vakili ma’lum qilgan.

“Biroq mavjud vaziyatdan kelib chiqib, respublika fuqarolari doimiy ogohlikka chaqirib kelinmoqda”, — deya izoh berdi Tashqi ishlar vazirligi vakili.

Ayrim davlatlar Ukrainadagi fuqarolariga mamlakatni tark etishni tavsiya qilmoqda

Shuningdek, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Ozarbayjon ham Ukrainadagi o‘z fuqarolarini imkon qadar mamlakatni tark etishga chaqirgan.

Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi tavsiyasida Kiyev viloyatiga hujum sodir etilgani haqidagi xabarlar tufayli kuchaytirilgan choralar shaxsiy xavfsizlikni ta’minlashga yordam bermasa, Ukrainada yashovchi vatandoshlariga mamlakatni tark etishi aytilgan.

Rossiya Mudofaa vazirligining ta’kidlashicha, hujumlar faqat Ukrainaning harbiy va energetika obektlari hamda tegishli infratuzilma obektlariga qarata amalga oshiriladi.

Kiyevdagi vaziyat

Ayni paytda Kiyevda qo‘shimcha blokpostlar, cheklovchi belgilar va to‘siqlar o‘rnatildi. Kiyev shahar harbiy ma’muriyati poytaxtda shahar mudofaasini ta’minlovchi barcha tuzilmalarning malakasi, o‘zaro hamkorligi va jangovar samaradorligi darajasini oshirish maqsadida xavfsizlik bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazilishini tushuntirdi.

Bunday mashg‘ulotlar tizimli ravishda o‘tkaziladi va ularga Kiyev mudofaa kuchlari va vositalari guruhlari, shahar harbiy ma’muriyati, patrul, milliy politsiya va boshqa tarkibiy bo‘linmalar jalb qilingan, dedi ma’muriyat rahbari Sergey Popko. Ushbu o‘quv mashg‘ulotlarining asosiy maqsadi boshqaruv tizimini takomillashtirish, tashkil etish, jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha samarali hamkorlik qilish (vaziyat keskinlashganda) va tinch aholini himoya qilish bo‘yicha muayyan chora-tadbirlardan iborat, dedi Popko.

Теги :
Jamiyat