$
 12930.11
-11.9
 13390.42
48.5
 120.94
3.82
weather
+26
Кечаси   +14°

Umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yangi tartib: Keshbekni qanday olish mumkin?

qqs

2025-yil 1-yanvardan boshlab umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxonalar uchun bir qator yangi imtiyozlar kuchga kirdi. Unga ko‘ra, QQSning bir qismini qaytarish va foyda solig‘i stavkasini ikki barobar kamaytirish ko‘zda tutilgan. Davlat soliq qo‘mitasi ushbu tartib haqida ma’lumot berdi.

Keshbekni qanday olish mumkin?

Tadbirkorlar hisoblangan QQSning bir qismini qaytarib olish uchun soliq hisobotini taqdim etganidan so‘ng 3 oydan kechiktirmay ariza topshirishlari kerak. Misol uchun, 2025-yil yanvar oyi uchun hisobot 20-fevraldan kechiktirmay topshirilishi lozim va shu sanadan boshlab qaytarish bo‘yicha murojaat berilishi mumkin.

Shartlar:

 1. Hisoblangan QQS to‘liq to‘lanishi shart.

 2. Umumiy ovqatlanishdan olinadigan daromad umumiy daromadning 90% va undan yuqorisini tashkil etishi kerak.

 3. Naqd pulsiz to‘lovlar ulushi:

  60% yoki undan yuqori bo‘lsa — QQSning 40%i qaytariladi.

  60% dan kam bo‘lsa — QQSning 20%i qaytariladi.

QQS summasini qaytarish avtomatik ravishda EHF (elektron hisob-faktura), onlayn NKT va marketpleys cheklari orqali tekshiriladi. Agar hisobot aniqlashtirilsa va QQS summasi o‘zgarsa, oldindan qaytarilgan QQS summasi mos ravishda davlat budjetiga qaytariladi.

Foyda solig‘i ikki barobar kamaydi

2025-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvargacha umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxonalar uchun foyda solig‘i stavkasi avvalgi 15% o‘rniga 7,5% qilib belgilandi. Davlat soliq qo‘mitasi ushbu o‘zgarishlar naqd pulsiz to‘lovlar ulushini ko‘paytirish, umumiy ovqatlanish xizmatlari sifatini oshirish va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun qabul qilinganini ta’kidladi. Korxonalar soliq imtiyozlaridan foydalanish uchun belgilangan qoidalarga qat’iy rioya qilishlari lozim.

Теги :
Jamiyat