$
 12948.10
-9.04
 14696.09
-6.38
 156.93
0.37
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Qaysi hududlarda iste'molchilar ko'proq keshbekka ega bo‘ldi?

keshbek

Joriy yilning yanvar-noyabr oylarida mamlakatimiz bo‘ylab 909,8 mln. xarid cheki uchun iste’molchilarga 942,6 mlrd. so‘m keshbek to‘lab berildi. Noyabr oyi davomida esa ushbu ko‘rsatkich 89,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Ushbu to‘lovlarning asosiy qismi Toshkent shahri va viloyatlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda

Keshbek to‘lovlarida yetakchi hududlar

Iste’molchilarga to‘langan keshbeklarning eng katta qismi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri keladi — 369,4 mlrd. so‘m. Toshkent viloyati esa 96,1 mlrd. so‘m bilan ikkinchi o‘rinda turibdi. Quyidagi viloyatlar ham yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etdi:  

- Samarqand viloyati – 83,2 mlrd. so‘m;  

- Farg‘ona viloyati – 68,7 mlrd. so‘m;  

- Andijon viloyati – 47 mlrd. so‘m.  

11 oyda qaysi hududlarda iste'molchilar ko'proq keshbekka ega bo'ldi? |  UzReport.news

Cheklar va foydalanuvchilar bo‘yicha umumiy ko‘rsatkichlar

2024-yil davomida foydalanuvchilar tomonidan 909,8 million chek taqdim etilib, jami 5,3 million iste’molchi keshbek tizimidan foydalandi. Birgina noyabr oyining o‘zida 3 milliondan ortiq foydalanuvchi tizimga murojaat qilgan.

Iste’molchilar uchun yanada qulay tizim

Davlat soliq xizmati tomonidan raqamli texnologiyalarni joriy etish va keshbek tizimini rivojlantirish bo‘yicha olib borilgan chora-tadbirlar iste’molchilar uchun qulaylik yaratmoqda. Buning natijasida har bir xarid iste’molchiga nafaqat tovar yoki xizmat, balki keshbek ko‘rinishida qo‘shimcha daromadni ham taqdim etmoqda.

Теги :
Jamiyat