Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 96 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +10° kechasi +8°

O‘zbekistonda yolg‘iz nafaqaxo‘rlarga shahar yo‘lovchilar transportidan bepul foydalanish huquqi beriladi

Parlament quyi palatasi tegishli qonun loyihasini ma’qulladi.

2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda yolg‘iz nafaqaxo‘rlarga shahar yo‘lovchilar transportidan bepul foydalanish huquqi beriladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda ma’qulladi.

O‘zgartirish va qo‘shimchalar

Hujjat bilan yolg‘iz, keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ayollar va bolalarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan qator qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi vakolatli organ

“Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning tegishli moddalari qo‘shimcha normalar bilan to‘ldirilmoqda. Unga ko‘ra, Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasida vakolatli organ etib belgilab qo‘yilmoqda.

Jamoat transportlaridan bepul foydalanish

O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga shahar yo‘lovchilar transportidan (taksidan tashqari) bepul foydalanish huquqi berilmoqda.

Shuningdek, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga qilingan homiylik mablag‘larini soliq bazasini aniqlashda chegirib tashlanmaydigan xarajatlar jumlasiga qo‘shish nazarda tutilmoqda.

Qonun loyihasining muqaddima qismiga tahririy tuzatishlar kiritildi

Majlisda qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash chog‘ida mas’ul qo‘mita tomonidan ishchi guruh a’zolari, huquqshunoslar, tegishli vazirlik va idoralar vakillari ishtirokida bir qator yig‘ilishlar, seminarlar o‘tkazilgani, deputatlar tomonidan berilgan taklif va tavsiyalardan kelib chiqib, qonun loyihasining muqaddima qismi va bir qator moddalariga tahririy tuzatishlar kiritilgani qayd etildi.

Davlat bojidan ozod qilinadi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi, uning hududiy bo‘linmalari tomonidan xotin-qizlar va bolalarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, og‘ir ahvolga tushib qolgan va og‘ir ahvolga tushib qolish xavfi yuqori bo‘lgan shaxslar, shuningdek, oilalar manfaatlarini ko‘zlab fuqarolik va ma’muriy sudlarga arizalar, shikoyatlar, da’volar kiritilganda davlat bojini to‘lashdan ozod qilish belgilanmoqda.