O‘zbekiston Qozog‘istondagi kompaniyalari soni bo‘yicha Xitoydan o‘zib ketdi
Yurtimiz Qozog‘istondagi uchinchi yirik xorijiy investorga aylangan.
1 daqiqa o‘qiladi

Yurtimiz Qozog‘istondagi uchinchi yirik xorijiy investorga aylangan.
Qozog‘istonga 22,2 mln dollar investitsiya kiritilgan
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston 2023-yilning so‘nggida Qozog‘istonga so‘nggi 18 yildagi eng yirik sarmoya kiritgan. O‘zbekistondan Qozog‘istonga kiritilgan to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar hajmi 2023-yil oxirida rekord darajadagi 22,2 million dollarga yetgan. Bu 2005-yil yakunidan beri qayd etilgan eng katta statistika hisoblanadi.
O‘tkan yilgi loyihalar
O‘tgan yili Qozog‘iston va O‘zbekiston bir qancha muhim loyihalarni amalga oshirgan. Jumladan, Qo‘stanay viloyatida Chevrolet Onix avtomobillarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Olmaota viloyatida metall prokat ishlab chiqaruvchi zavod qurilgan. Chimkentda steril dori shakllari va gigiyena vositalari ishlab chiqarish platformasi tashkil etilgan.
Shuningdek, O‘zbekistondan investitsiya takliflari oshishi Qozog‘istondagi biznes muhiti bilan bog‘liq ekani xabar qilingan. Qo‘shni mamlakatda biznes yuritish, investorlar huquqlarini samarali himoya qilish va investitsiyalarni rag‘batlantirish uchun nihoyatda qulay shart-sharoitlarni yaratilgani taʼkidlangan.



