O‘FAda "B" rejasi mavjudmi?
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes salomatligi bilan bog‘liq masalaga to‘xtaldi. Vaziyat qanchalik jiddiy?
1 daqiqa o‘qiladi

5-iyun kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes Turkmaniston terma jamoasi bilan o‘yin oldi tashkil qilingan matbuot anjumanida salomatligi bilan bog‘liq masalaga to‘xtaldi.
Agar uchinchi marta ketsam, boshqa qaytib kelmayman
"Sog‘ligim haqida to‘liq aytib bersam, ancha vaqt kerak bo‘ladi. Ayni paytda sog‘ligim ancha yaxshi. Agar uchinchi marta terma jamoani sog‘ligim tufayli tark etsam, boshqa qaytib kelmayman" — dedi murabbiy. Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi ilk marta o‘tgan yilning iyun oyida sog‘lig‘idagi muammo sabab, davolanish uchun o‘z uyiga ketgandi.
Onkologik xastalik
Shundan so‘ng, murabbiy joriy yilning mart oyida JCH-2026 saralash bosqichi doirasidagi Gonkongga qarshi o‘tadigan Toshkentdagi uchrashuvda ham kutilmaganda sog‘lig‘i bilan yuzaga kelgan muammolar tufayli o‘z vatani Sloveniyaga yana jo‘nab ketishga majbur bo‘lgandi. Bizdagi tasdiqlanmagan ma’lumotga ko‘ra, murabbiy uzoq vaqt davolanish va katta mablag‘ni talab etadigan onkologik xastalikka chalingan.



