$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Markaziy bank moliyaviy xavfsizlik maqsadida bitta fuqaroga ajratiladigan kartalar sonini chekladi

karta

Markaziy bank tomonidan bir jismoniy shaxsga emissiya qilinadigan kartalar sonini bitta bankda 5 tagacha, barcha banklarda 20 tagacha cheklash bo‘yicha vaqtinchalik tartib ishlab chiqdi. Mazkur tartib 2025-yilning 1-yanvaridan kuchga kirgan bo‘lib, u joriy yilning 31-dekabrigacha amal qiladi.

Firibgarlarga aldanmaslik maqsadida

Manbaga ko‘ra, ushbu tartib fuqarolar xavfsizligini hisobga olgan holda, firibgarlarga aldanmaslik uchun joriy etilgan.

Endilikda banklar tomonidan bir fuqaroga (bitta JShShIRga) emissiya qilinadigan kartalar soni bitta bankda 5 tagacha, barcha banklarda esa 20 tagacha cheklanadi.

Bunda mazkur talab virtual va kobeyjing kartalarni ham o‘z ichiga oladi.

Hozirda bu tartibga solinmagan

Markaziy bank bitta foydalanuvchiga rasmiylashtiriladigan bank kartalari sonini cheklashni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edik. Regulyator raisi o‘rinbosari Behzod Hamroyevning qayd etishicha, hozirda O‘zbekistonda fuqarolar bitta pasportga ochishi mumkin bo‘lgan bank kartalari soni qonuniy jihatdan tartibga solinmagan. Natijada ayrim mijozlar yuzdan ortiq kartalarga egalik qilishadi. Hamroyev bunday kartalardan keyinchalik firibgarlar pul mablag‘larini o‘zlashtirish sxemalarida foydalanayotganini ta’kidladi.

Bitta bankda 5 tagacha, barcha banklarda 20 tagacha

Markaziy bank matbuot xizmati izoh berib, bank kartalari bilan bog‘liq shubhali (frod) operatsiyalarning oldini olish, firibgarlik sxemalarida jismoniy shaxslarga tegishli hisobvaraqlar va bank kartalari ishtirokini kamaytirish maqsadida banklar tomonidan bitta jismoniy shaxsga (bitta JShShIRga) kartalar sonini (virtual va kobeyjing kartalarini inobatga olgan holda) vaqtinchalik bitta bankda 5 tagacha, barcha banklarda 20 tagacha belgilash masalasi ko‘rib chiqilayotganini aytgandi.

O‘zbekistonda muomaladagi 54,9 million bank kartasi

Markaziy bank ma’lumotlarida keltirilishicha, O‘zbekistonda muomaladagi bank kartalari soni 1-noyabr holatiga ko‘ra 54,9 milliontani tashkil etdi. Ya’ni har bir kishiga 1,5 tadan yoki har bir mehnatga layoqatli fuqaroga 2,8 tadan to‘g‘ri keladi.

Bugungi kunda bank kartalariga ega jismoniy shaxslarning qariyb 97 foizida (22 million nafar) 5 tagacha, 3 foiz (770 ming nafar) jismoniy shaxsda 5-20 gacha hamda 0,03 foizda yoki 7 ming jismoniy shaxsda 20 tadan oshiq kartalar rasmiylashtirilgan.

Теги :
Jamiyat