$
 12820.47
5.69
 13470.47
27.77
 122.26
-1.24
weather
+26
Кечаси   +14°

Markaziy bank: Bitta foydalanuvchiga beriladigan bank kartalari soni cheklanadi

karta

Markaziy bank bitta foydalanuvchiga rasmiylashtiriladigan bank kartalari sonini cheklashni rejalashtirmoqda. Bu haqda 26-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan media-muloqotda regulyator raisi o‘rinbosari Behzod Hamrayev ma’lum qildi, deb yozmoqda Spot nashri.

Hozirgi kunda bu jarayon tartibga solinmagan

Uning qayd etishicha, hozirda O‘zbekistonda fuqarolar bitta pasportga ochishi mumkin bo‘lgan bank kartalari soni qonuniy jihatdan tartibga solinmagan. Natijada, ayrim mijozlar yuzdan ortiq kartalarga egalik qilishadi.

Bu firibgarlar uchun qulay sxemaga aylangan 

Behzod Hamrayev bunday kartalardan keyinchalik firibgarlar pul mablag‘larini o‘zlashtirish sxemalarida foydalanayotganini ta’kidladi.

Qanday cheklov o‘rnatish taklif qilinayotgani haqidagi savolga regulyator raisi o‘rinbosari aniq javob bermadi. Markaziy bank maqbul yechim topish uchun mazkur masalani tahlil qilishni rejalashtirmoqda, dedi u.

Regulyator ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yil boshidan buyon fuqarolar nomiga onlayn kreditlarni firibgarlik yo‘li bilan rasmiylashtirish bo‘yicha 463 ta holat qayd etilgan. Umumiy zarar qariyb 15 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Onlayn kreditlar uchun cheklov

1-noyabrdan Markaziy bank shubhali operatsiyalarning oldini olish maqsadida onlayn kreditlarni rasmiylashtirishga cheklovlar kiritdi. Vaqtinchalik tartib besh oy — kelasi yilning 1-apreligacha amal qiladi. Kreditlar mobil ilovalarda tekshiruvlardan keyin rasmiylashtiriladi.

Fuqarolar kredit olish uchun ariza topshirishda biometrik identifikatsiyadan o‘tishlari kerak

Fuqarolar kredit olish uchun ariza topshirishda biometrik identifikatsiyadan o‘tishlari kerak. Bu arizaning shaxsan talabgorning o‘zi tomonidan berilganligini aniqlash va uning shaxsiga aniqlik kiritish imkonini beradi.

Bundan tashqari, ilova orqali yangi hisob qaydnomasini ro‘yxatdan o‘tkazgan yoki mavjud akkauntga boshqa qurilmadan kirganda onlayn kreditni birinchi marta olishga cheklovlar o‘rnatiladi.

Onlayn kreditlar bo‘yicha cheklovlar saqlanib qoladi

Oktabr oyida Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov vaqtinchalik tartib tugagandan so‘ng onlayn kreditlar berish bo‘yicha cheklovlar saqlanib qolishini ma’lum qilgandi. Besh oy ichida regulyator onlayn to‘lovlar va pul o‘tkazmalarining asosini belgilaydigan mexanizmlarni takomillashtiradi va sinovdan o‘tkazadi.

Теги :
Iqtisodiyot