$
 12930.11
-11.9
 13390.42
48.5
 120.94
3.82
weather
+26
Кечаси   +14°

“Ijtimoiy karta” tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi

Ijtimoiy karta

Vazirlar Mahkamasining 27.12.2024-yildagi 897-son qarori bilan aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashda “Ijtimoiy karta” tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Bu nima uchun kerak?

Prezidentning 18.07.2024-yildagi PQ-267-son qaroriga muvofiq “Ijtimoiy karta” axborot tizimini joriy etish orqali ijtimoiy to‘lovlar va subsidiyalar, ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatishni tayinlash, taqdim etish, monitoring qilish va baholash jarayonlari bosqichma-bosqich avtomatlashtirilmoqda.

Nizom tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy kartasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. U quyidagi tartiblarni belgilaydi:

  • “Ijtimoiy karta”larni muomalaga chiqarish, foydalanish uchun taqdim etish;
  • “Ijtimoiy karta”larni almashtirish, to‘xtatib turish va tugatish;
  • “Ijtimoiy karta axborot tizimi” ma’lumotlar bazasini yuritish.

“Ijtimoiy karta” AT ma’lumotlar bazasi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan fuqarolar va davlat organlari taqdim etgan ma’lumotlar, shu jumladan biometrik ma’lumotlar asosida shakllantiriladi va yuritiladi.

“Ijtimoiy karta”ni moliyaviy agent sifatida ishtirok etuvchi respublikaning rezident tijorat banklari taqdim etadi.

Qayerga murojaat qilish kerak?

Ijtimoiy kartani berish va undan foydalanish uchun arizalar quyidagilar orqali murojaat qilish yo‘li bilan topshiriladi:

  • YaIDXP;
  • “Ijtimoiy karta” mobil ilovasi;
  • “Inson” ijtimoiy xizmat ko‘rsatish markazlari;
  • moliyaviy agentlar.

Jismoniy shaxslarga ijtimoiy karta berish bo‘yicha bank xizmatlari uchun to‘lov BHMning 10 foizidan oshmasligi kerak. Hujjatda ijtimoiy karta uch ish kuni ichida bepul beriladigan shaxslar ro‘yxati keltirilgan.

Теги :
Jamiyat