$
 12015.96
-26.53
 14051.46
-96.06
 160.30
-0.25
weather
+26
Кечаси   +14°

Narkoterrorga qarshi kurash yohud sudsiz qatl: AQSh Karib dengizini yashirin urush maydoniga aylantirdimi?

karib

So‘nggi paytlarda Karib dengizi va Tinch okeanida bo‘layotgan voqealar butun dunyoda jiddiy savollarni keltirib chiqaryapti. 120 dan ortiq xalqaro tashkilotlar AQShning bu hududlardagi harakatlariga qarshi chiqib, boshqa davlatlarni ham bu ishga aralashmaslikka chaqirmoqda. Ularning aytishicha, bu hujumlar oddiy operatsiya emas, balki sudsiz qatl hisoblanadi. 

Xo‘sh, Karib dengizi hududlarida aslida bu nima bo‘lyapti?

AQShning harakatlari

2025-yil sentyabridan beri AQSh harbiylari kichik qayiqdagi 175 dan ortiq odamni yo‘q qildi. Rasmiylar bu operatsiyalarni “narkoterrorchilarga qarshi kurash” deb tushuntirmoqda. Lekin xalqaro tashkilotlar bunga boshqacha qarayapti. Ular aytishicha, bu hujumlar urush sharoitida emas va hech qanday sudsiz amalga oshirilgan. Ya’ni odamlar shunchaki gumon asosida nishonga olingan. Shu sabab bu harakatlar xalqaro qonunlarga zid hisoblanadi. Mutaxassislar kuch ishlatish uchun aniq va yaqin xavf bo‘lishi kerakligini, uyerda esa bunday asoslar yo‘q ekanligini ta’kidlashmoqda.

Boshqa davlatlarning aralashuvi

Bu masala endi faqat AQSh bilan cheklanmayapti. Sabab operatsiyalarni amalga oshirishda boshqa davlatlar ham bilvosita yordam berayotgan bo‘lishi mumkin.

Ayrim davlatlar AQShga harbiy bazalar, razvedka ma’lumotlari yoki texnik yordam bermoqda. Agar ular bu vaziyatni bilgan holda yordam berayotgan bo‘lsa, ular ham qonun oldida javobgar bo‘lishi mumkin.

Shu sabab ba’zi mamlakatlar orqaga chekinmoqda. Buyuk Britaniya, Kanada va Niderlandiya bunday operatsiyalar uchun ma’lumot almashishni to‘xtatgan. Ammo Dominikana,Trinidad va Tobago kabi davlatlar aksincha, hamkorlikni kuchaytirgan va AQShga ko‘proq imkoniyat yaratib bermoqda.

Oddiy odamlar qanday zarar ko‘ryapti?

Bu voqealarning eng og‘ir tomoni oddiy odamlar hayotiga ta’siri bo‘lyapti. Dengiz bo‘yida yashovchi oilalar yaqinlaridan darak ololmayapti, ayrim hollarda esa jasadlar qirg‘oqqa chiqib kelayotgani aytilmoqda. Eng xavotirli jihati ushbu operatsiyalar hali kengayishi mumkin. AQSh kelajakda bu harakatlarni quruqlikda ham davom ettirish ehtimoli bor. Hatto Ekvadorda shunga o‘xshash holatlar allaqachon kuzatilgan.

Теги :
Jamiyat