$
 12874.02
12.77
 13558.92
-44.42
 128.21
-0.2
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbek karatechilari Tokioda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatining jamoaviy bahslarida 2-o‘rinni egalladi

Karate

3—4-avgust kunlari Yaponiya poytaxti Tokio shahridagi Yoyogi Olimpiya stadionida zirhli karate bo‘yicha 3-ochiq Jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda karate bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etdi.

Karate vatanidagi ikkinchilik

Toshkent shahar Karate-do Federatsiyasi bosh instruktori Rustam Bekmuratov va Federatsiya murabbiyi Bosit Bekmuratov boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida Toshkent shahridan 41 nafar sportchi ushbu musobaqada ishtirok etdi. Turnirda jami 15 ta mamlakat, xususan, AQSH, Kanada, Fransiya, Avstraliya, Bangladesh, Hindiston, Gonkong, Belorussiya va boshqalardan 1000 dan ortiq sportchi qatnashdi. Jamoaviy musobaqada rasman 2-o‘rinni egallagan O‘zbekiston terma jamoasi yuqori darajada tayyorgarlik va motivatsiya nuqtayi nazaridan faqat ushbu sport turi asoschilari - yaponlargagina mag'lub bo'ldi.