$
 12928.27
18.47
 13462.21
46.35
 129.66
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Kakao daromad bo‘yicha Bitcoin'ni ham ortda qoldirdi

Kakao

Kakao 2024-yilda asosiy xomashyo mahsulotlari orasida eng serdaromadiga aylandi. Bu mahsulot qiymati hatto “Bitcoin” va AQSH fond birjasini ortda qoldirgan. Bu haqda “MarketWatch” moliya nashri xabar berdi.

185 foizlik o‘sish

Mart oyida kakaoning 1 tonnasi narxi 11 954 dollarga yetdi. Yaʼni mahsulot qiymati yil boshiga nisbatan deyarli 185 foizga oʻsdi. Solishtirish uchun: “Bitcoin” 128 foiz, S&P 500 indeksi 25 foiz qimmatlashgan.

So‘nggi 60-yildagi eng jiddiy taqchillik

Nashr yozishicha, kakao narxi oʻsishdan toʻxtashiga umid qilmasa ham boʻladi. Chunki 2023/2024-qishloq xoʻjaligi yilida soʻnggi 60-yildagi eng jiddiy taqchillik kuzatildi.

Kamhosillikka asosiy sabab nima?

Kamhosillikning asosiy sababchisi — Gʻarbiy Afrikadagi noqulay ob-havo sharoiti. Okeanlar oʻta isib ketib, shundoq ham ikki yildan buyon iqlim oʻzgarishlaridan talafot koʻrayotgan kakao daraxtlariga yanada salbiy taʼsir koʻrsatdi.

Oktyabr oyida Gʻarbiy Afrikaning ayrim hududlarida hukm surgan nam havo kakao daraxtlariga ziyon yetkazdi. Yaqinda yuz bergan quruq changli shamol ham bahorda yigʻib olinadigan hosilga xavf solmoqda.

Теги :
Jamiyat