$
 12920.48
-7.79
 13436.01
-26.2
 130.17
0.51
weather
+26
Кечаси   +14°

“KAFIL-SUG‘URTA” aksiyadorlik jamiyatining ovoz beruvchi (oddiy) aksiyalarining egalari bo‘lgan aksiyadorlariga bildirishnoma

kafil

“KAFIL-SUG‘URTA” aksiyadorlik jamiyati (keyingi o‘rinlarda – Jamiyat) Kuzatuv kengashi majlisining 2024-yil 17-dekabrdagi 1-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan 2024-yil 25-dekabrda P0950-4-son bilan davlat ro‘yxatiga olingan Jamiyatning Aksiyalar qo‘shimcha chiqarilishi to‘g‘risidagi qaroriga asosan nominal qiymati 1 000 (bir ming) so‘m bo‘lgan 15 000 000 (o‘n besh million) dona umumiy qiymati 15 000 000 000 (o‘n besh milliard) so‘mlik oddiy egasining nomi yozilgan hujjatsiz shakldagi aksiyalar chiqarilganligini ma’lum qiladi.

Aksiyalar qo‘shimcha chiqarilishi to‘g‘risidagi qarorga muvofiq:

- ushbu chiqarilishdagi aksiyalarni joylashtirishda ovoz beruvchi aksiyalarning egalari bo‘lgan aksiyadorlar aksiyalarni, o‘ziga tegishli shu turdagi aksiyalar miqdoriga mutanosib miqdorda imtiyozli olish huquqiga ega bo‘ladi;

- Jamiyat aksiyalarini imtiyozli olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarning ro‘yxati 2024-yil 17-dekabr kuni holatiga shakllantirilgan Jamiyat aksiyadorlari reyestrining ma’lumotlari asosida tuziladi;

- imtiyozli huquq amalga oshirilgan taqdirda, aksiyadorlar aksiyalarning faqat butun miqdorini olishi mumkin;

- imtiyozli huquqqa ega bo‘lgan aksiyador aksiyalarni olishi to‘g‘risida o‘zining ismi-sharifi (nomi) va yashash joyi (joylashgan yeri), o‘zi oladigan aksiyalarning soni ko‘rsatilgan yozma shakldagi arizani va haq to‘laganlik to‘g‘risidagi hujjatni Jamiyatga yuborish orqali o‘z imtiyozli huquqini to‘liq yoki qisman amalga oshirishga haqli. Bunday ariza mazkur imtiyozli huquqning amal qilish muddati ichida Jamiyatga taqdim etilishi kerak;

- aksiyadorlarning aksiyalarni imtiyozli olish huquqi bildirishnoma e’lon qilingan paytdan e’tiboran 10 (o‘n) kun davomida amal qiladi;

- imtiyozli huquqning amal qilish muddati, agar bu muddat o‘tguniga qadar Jamiyatning barcha aksiyadorlaridan imtiyozli huquqdan foydalanish to‘g‘risida yoki undan foydalanishdan voz kechish haqida yozma ravishda arizalar olingan bo‘lsa, tugaydi;

- imtiyozli huquqdan boshqa shaxs foydasiga voz kechishga yo‘l qo‘yilmaydi;

- ushbu chiqarilishdagi aksiyalar 1 000 (bir ming) so‘mdan joylashtiriladi;

- aksiyalar uchun to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida faqat pul mablag‘lari bilan naqdsiz shaklda qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda aksiyalar uchun to‘lovlar naqd shakli ko‘zda tutilmagan;

- aksiyalar to‘lanishiga kelib tushadigan naqdsiz shakldagi pul mablag‘lari ko‘chirilishi lozim bo‘lgan Emitentning bank rekvizitlari – bank nomi: “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” aksiyadorlik jamiyati (qisqa nomi: O‘zmilliybank), bank manzili: 100084, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Amir Temur shox ko‘chasi, 101-uy, bank tarkibiy bo‘linmasi nomi: “Akademiya” bank xizmatlari markazi (qisqa nomi: “Akademiya” BXM), bank tarkibiy bo‘linmasi manzili: 100047, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, T.Shevchenko ko‘chasi, 29-uy, hisobvarag‘i: 20216000004335717001, bank kodi (MFO): 00450 bo‘yicha qabul qilinadi.

Imtiyozli huquq asosida har bir aksiyador olishga haqli bo‘lgan aksiyalarning sonini aniqlash tartibi quyidagicha:

- aksiyador o‘ziga tegishli oddiy aksiyalarni Jamiyat tomonidan ilgari joylashtirilgan jami 45 701 000 (qirq besh million yetti yuz bir ming) dona oddiy aksiyalardagi ulushini aniqlaydi va shu ulushga teng ulushda ushbu chiqarilishdagi aksiyalardan olishga haqli bo‘ladi.

Jamiyatning manzili: 100000, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik shox ko‘chasi, 59-uy, elektron pochta manzili: info@kafil.uz, rasmiy veb-sayti: www.kafil.uz.Телефон:info@kafil.uz, rasmiy veb-sayti: www.kafil.uz.Telefon: (71) 237-33-26.