$
 12208.08
32.74
 14116.20
52.46
 155.00
0.71
weather
+26
Кечаси   +14°

Kadastr agentligi: Fuqarolar qariyb 88 mlrd. soʻmdan ortiq ma’muriy jazodan ozod qilindi

kadastr

Kadastr agentligi organlari tomonidan joriy yil 1-yarmida 31 134 holatda huquqbuzarliklar aniqlangan. Bu haqda Kadastr agentligi xabar berdi.

10 199 nafar shaxs jarimaga tortildi

Qayd etilishicha, huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etgan, oʻzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasini qaytarilishini ta’minlagan va uning oqibatlarini bartaraf etgan 10 199 nafar shaxs jami 88 mlrd. 434 mln. soʻm ma’muriy jarimalardan ozod etildi.

17 259 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy jarimalar

Shuningdek, huquqbuzarlik sodir etgan 17 259 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy jarimalar qoʻllanildi.

Jumladan:

5 783 nafar shaxs koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni oʻz vaqtida davlat roʻyxatidan oʻtkazmaganligi uchun;

3 959 nafar shaxs yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olganligi uchun;

6 335 nafar shaxs oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasida qurilish ishlarini amalga oshirganligi uchun ma'muriy javobgarlikka tortildi.

“Yer resurslarini talon-taroj qilgan va sugʻoriladigan yerlarni qurilish qilgan holda oʻzboshimchalik bilan egallab olgan 1 046 nafar shaxsga nisbatan toʻplangan materiallar prokuratura organlariga yuborildi. Natijada 418 ta holat boʻyicha jinoyat ishlari qoʻzgʻatildi”, – deyiladi xabarda.

Теги :
Jamiyat