$
 11974.79
-54.41
 14008.11
-57.63
 159.64
-0.62
weather
+26
Кечаси   +14°

JSTga qadamlar: Bojxona bojlari JST talablariga moslashtiriladi

WTO Foto: Daryo

Mirziyoyev “Bozor islohotlarini yanada jadallashtirish va O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligini Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirish bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Unda keltirilishicha, O‘zbekistonda amalda bo‘lgan bojxona bojlari JST talablariga moslashtiriladi.

GATT 1994 talablari

Hujjatga muvofiq, O‘zbekistonda amalda bo‘lgan bojxona boji, yig‘imlari va qiymatini Jahon savdo tashkilotining Tariflar va savdo bo‘yicha bosh bitimi (GATT 1994) talablariga moslashtirish maqsadida:

-        2025-yil 1-yanvardan boshlab joriy etiladigan bojxona yig‘imlarining fiskal maqsadlarda undirilmasligi belgilandi;

-        Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ayrim turdagi tovarlarni eksport qilishda undiriladigan yig‘imlarni qayta ko‘rib chiqib, 2024-yil 1-avgustga qadar tegishli takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;

-        Bojxona qo‘mitasi 2024-yil 1-avgustga qadar bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Bojxona bo‘yicha amaldagi qonunchilik qayta ko‘rib chiqiladi

Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash bo‘yicha idoralararo komissiya 2024-yil 1-avgustga qadar:

-        savdo-iqtisodiy munosabatlarda eng ko‘p qulaylik berish rejimi (MFN) nazarda tutilmagan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan yoxud ishlab chiqarilgan mamlakati aniqlanmagan tovarlarga nisbatan bojxona bojlarini qo‘llash bo‘yicha amaldagi qonunchilikni qayta ko‘rib chiqib, uning samaradorligini oshirish yuzasidan takliflarni;

-        import bojxona bojlari stavkalarining qo‘llanilishi samaradorligini oshirish va shaffofligini ta’minlash maqsadida amaldagi bojxona tariflarini O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasining 2022-yilgi tahririga muvofiqlashtirish bo‘yicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Теги :
Jamiyat
Iqtisodiyot