$
 12848.38
27.91
 13512.64
42.17
 120.07
-2.19
weather
+26
Кечаси   +14°

Yer yuzi aholisining qariyb yarmi og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklaridan aziyat chekadi

tish

JSSTning yangi hisobotiga ko‘ra, og‘iz bo‘shlig‘i patologiyalari — yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning eng keng tarqalgan turlaridan. Hozir dunyo bo‘yicha taxminan 3,5 milliard odam shunday xastaliklardan aziyat chekmoqda.

Kasallikning keng tarqalish sabablari

Buning asosiy sababi, avvalo, tish parvarishiga e’tiborsizlik bilan bog‘liq. Oqibatda, kariyes, milk kasalliklari, tishlar tushishi, og‘iz bo‘shlig‘i saratoniga chalinish holatlari yil sayin ko‘paymoqda. Bunga sog‘lom ovqatlanish tamoyillariga amal qilmaslik, qandli ichimliklar iste’moli va muntazam stomatologik tekshiruvlardan o‘tmaslik kabi omillar ham sabab bo‘lmoqda.

Tibbiy xizmatlar qimmat

JSST rahbari Tedros Gebreyesusning ta’kidlashicha, millionlab insonlar og‘iz bo‘shlig‘i salomatligini ta’minlash bilan bog‘liq tibbiy xizmatlardan foydalana olmaydi, chunki ularning narxi ko‘pchilik uchun qimmat. Shu sababdan JSST hukumatlarni bu borada chora-tadbirlar ishlab chiqishga va profilaktika, diagnostika hamda davolash qamrovini oshirishga chaqirmoqda.

Xususan, JSST tomonidan og‘iz bo‘shlig‘i salomatligi masalalariga bag‘ishlab ilk bor tashkil etilgan global yig‘ilishda 110 dan ortiq mamlakatlar delegatsiyalari tomonidan 2030-yilgacha mo‘ljallangan Og‘iz bo‘shlig‘i salomatligi bo‘yicha qo‘shma deklaratsiya tasdiqlanishi kutilmoqda.

JSST tavsiyalari

 • Tishlarni muntazam yuvish: Kuniga ikki marta tishlarni tozalash, ovqat qoldiqlaridan xalos bo‘lish uchun maxsus tish tozalash iplaridan foydalanish kariyes va milk kasalliklarining oldini olishga yordam beradi.

 • Shirinliklar va qandli ichimliklardan cheklangan foydalanish.

 • Muntazam stomatologik tekshiruvlar: Har 6 oyda bir marta stomatologga murojaat qilish kasalliklarni erta bosqichda aniqlash va davolash imkonini beradi.