Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 88 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +10° kechasi +9°

Jo‘rayevlar oilasida yana bir mojaro

Xonanda Shohjahon Jo‘rayev jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Sabab nima?

2 daqiqa o‘qiladi

Jo‘rayevlar oilasida yana bir mojaro

Shohjahon Jo‘rayevga oid ish jinoyat sudida ko‘riladi. U sobiq turmush o‘rtog‘ini haqorat qilganlikda ayblanmoqda. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.

Xonanda oldin ma’muriy javobgarlikka tortilgan

Xonandaga 2023-yilning fevral oyida sobiq turmush o‘rtog‘ini haqorat qilgani uchun ma’muriy jazo qo‘llangan edi. Shohjahon Jo‘rayev ayni shu qilmishni 2023-yil mart va dekabr oylarida takroran sodir etgan.

Manbaga ko‘ra, xonanda sobiq turmush o‘rtog‘ini haqorat qilganlikda ayblanib, sud qilinadi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 140-moddasi (haqorat) birinchi qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ish JIB Chilonzor tuman sudida ko‘rib chiqiladi.

Xonanda xotinining sha’ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlagan

Keltirilishicha, Shohjahon Jo‘rayev jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudining 2023-yil 7-fevraldagi qarori bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasida (Haqorat qilish) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topilgan va 1,5 mln. so‘m jarimaga tortilgan. U 2023-yil 15-mart kuni sobiq turmush o‘rtog‘iga Telegram orqali ovozli xabar yuborib, haqoratlagan holda uning sha’ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlagan.

U sobiq turmush o‘rtog‘ining yashash-joyiga borib ham janjal qilgan

Bundan tashqari, Jo‘rayev o‘zining shu kabi harakatlarini davom ettirib, 2023-yil 12-dekabr kuni ham sobiq turmush o‘rtog‘i istiqomat qiladigan ko‘p qavatli uy yoniga borib, uni haqorat qilgan.

Jinoyat kodeksining 140-moddasiga ko‘ra, haqorat qilish, ya’ni shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlash, basharti, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llangandan keyin sodir etilgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.