$
 12694.87
-25.13
 13766.32
-61.59
 139.48
-0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

Shohjahon Jo‘rayevga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan

sh 5 10

Ma’lum bo‘lishicha, xonandaga nisbatan 2023-yilning 7-fevral kuni ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning haqorat qilish moddasi bilan 1,5 million so‘m jarimaga tortish jazosi qo‘llanilgan. 

Shohjahon Jo‘rayev sobiq turmush o‘rtog‘ini haqorat qilgan 

Biroq Shohjahon bundan o‘ziga xulosa qilmay, 2023-yilning 12-dekabr sanasida sobiq turmush o‘rtog‘i N.ning Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan ko‘p qavatli uydagi xonadoniga borgan va turmush o‘rtog‘ini kurakda turmaydigan, qadr-qimmatini tahqirlovchi turli so‘zlar bilan haqorat qilgani aytilmoqda. Shohjahon Jo‘rayevga nisbatan jinoyat kodeksining haqorat qilish moddasi birinchi qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ammo Jo‘rayev qanday jazo olgani haligacha ochiqlanmagan.

Xonandaning otasi Sherali Jo'rayevni sudga berishi haqida

Avvalroq Shohjahon Jo'rayev o'z otaasi Sherali Jo'rayevni sudga bergani ma'lum qilingadi. Aniqlanishicha, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Shayxontohur tumanlararo sudi 2022-yil 9 noyabr kuni ochiq sud majlisida ushbu fuqarolik ishi ko‘rib chiqilgan. Sud majlisida Shohjahon Mirzo Ulug‘bek tumanidagi o‘zi yashaydigan uydan kelishmovchilik sabab chiqib ketgani uchun Shayxontohur tumanida joylashgan otasi nomidagi uyga kiritib qo‘yishni so‘ragan. Javobgar, ya’ni Sherali Jo‘rayev sud majlisiga bormagani tufayli sud ishni javobgarning ishtirokisiz sirtdan ko‘rib chiqqan. Uy otaning nomida bo‘lgan, o‘g‘il esa doimiy ro‘yxatda turgan.

Botir Qodirov bilan sudlashuv

Ma'lumot uchun, ayni paytda Shohjahon va Zohirshoh Jo‘rayevlar boshqa xonanda Botir Qodirov bilan otalikni aniqlash masalasida sudlashmoqdalar. Sud ishlari yopiq tarzda olib borilyapti. Avvalroq Botir Qodirov nima sababdan Jo‘rayevlarni sudga berishga qaror qilgani va otasiga munosabatini ochiqlagandi. Sudyalar oliy kengashi esa ularni turli bayonotlar bermay turishga chaqirgandi. 8-may kuni navbatdagi sud ishi ikki yarim soat davomida yopiq tarzda ko'rib chiqilgan.