$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Shohjahon Jo‘rayev otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergan

Sherali

Ma’lum bo‘lishicha, Xonanda Shohjahon Jo‘rayev 2022-yilda otasi Sherali Jo‘rayevni mulk masalasida sudga bergan. Bu haqdagi sud qarori ochiq manbada mavjud.

Sud ishi

Aniqlanishicha, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Shayxontohur tumanlararo sudi 2022-yil 9 noyabr kuni ochiq sud majlisida ushbu fuqarolik ishi ko‘rib chiqilgan. Sud majlisida Shohjahon Mirzo Ulug‘bek tumanidagi o‘zi yashaydigan uydan kelishmovchilik sabab chiqib ketgani uchun Shayxontohur tumanida joylashgan otasi nomidagi uyga kiritib qo‘yishni so‘ragan. Javobgar, ya’ni Sherali Jo‘rayev sud majlisiga bormagani tufayli sud ishni javobgarning ishtirokisiz sirtdan ko‘rib chiqqan. Uy otaning nomida bo‘lgan, o‘g‘il esa doimiy ro‘yxatda turgan.

Uy-joy kodeksiga tegishli qaror

Ma’lumot uchun, Uy-joy kodeksining 32-moddasida uy, kvartira mulkdorining oila a’zolari, shuningdek, u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar, agar ularni ko‘chirib kelgan paytda yozma ravishda boshqa hol qayd etilgan bo‘lmasa, uydagi, kvartiradagi xonalardan mulkdor bilan teng foydalanishga haqli ekani yozilgan. Ushbu qonun talablaridan kelib chiqib, sud da’vogarning nizoli uy-joyda taraflarning o‘zaro roziligi asosida yashaganini, da’vogar ushbu uyda doimiy ro‘yxatda turishini, bunday holatda da’vogarda ushbu uyga nisbatan foydalanish huquqi shakllanganini, da’vogarning uyga nisbatan shakllangan foydalanish huquqi yo‘qolmaganini inobatga olib, da’vogarni nizoli xonadonga kiritib qo‘yishni lozim deb topgan.

Ta’kidlash joiz, ayni paytda Shohjahon va Zohirshoh Jo‘rayevlar boshqa xonanda Botir Qodirov bilan otalikni aniqlash masalasida sudlashmoqdalar. Sud ishlari yopiq tarzda olib borilyapti. Avvalroq Botir Qodirov nima sababdan Jo‘rayevlarni sudga berishga qaror qilgani va otasiga munosabatini ochiqlagandi. Sudyalar oliy kengashi esa ularni turli bayonotlar bermay turishga chaqirgandi.