Juma, 23-oktabr, 2026
Havo 73 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +19° kechasi +8°
Читать на русском

Agrobank startaplar uchun $500 minglik investitsiya dasturini boshladi

Agrobank va AgroVentures startaplar uchun korporativ akseleratorga arizalar qabul qilishni boshladi.

1 daqiqa o‘qiladi

Agrobank startaplar uchun $500 minglik investitsiya dasturini boshladi

Dastur ishtirokchilari o‘z yechimlarini bank bilan birgalikda sinovdan o‘tkazish va 500 ming dollargacha investitsiya jalb qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Dastur kimlar uchun?

Akselerator qishloq xo‘jaligi texnologiyalari, moliyaviy texnologiyalar (fintech), sun’iy intellekt (AI), shuningdek, banklar va fermerlar uchun yechimlar ishlab chiqayotgan startaplarga mo‘ljallangan.

Ishtirokchilar qanday imkoniyatlarga ega bo‘ladi?

12 haftalik dastur doirasida 20 tagacha startap tanlab olinadi. Ishtirokchilar Agrobank bilan hamkorlikda sinov loyihalarini amalga oshirishi, o‘z ishlanmalarini potensial investorlarga taqdim etishi va xalqaro ekspertlardan mentorlik yordamini olishi mumkin.

Akseleratorda ishtirok etish bepul. Dasturni muvaffaqiyatli yakunlagan jamoalar 500 ming dollargacha investitsiya jalb qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Korporativ akseleratorning asosiy hamkori — AI Station.

Dasturda ishtirok etish uchun arizalar 9-noyabrgacha AgroVentures rasmiy sayti orqali qabul qilinadi.

Reklama huquqlari asosida