Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 95 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +14° kechasi +9°

Doimiy jismoniy faollik qon bosimini me'yorlashtiradi

Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati jismoniy mashgʻulotlar vaqtida nafas qisishi, koʻkrak qafasi va yurak sohasida ogʻriqlar, yurak faoliyatida buzilishlar paydo boʻlganda mashqlarni darhol toʻxtatish va shifokor bilan maslahatlashishni tavsiya qildi.

2 daqiqa o‘qiladi

Doimiy jismoniy faollik qon bosimini me'yorlashtiradi

Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati jismoniy mashgʻulotlar vaqtida nafas qisishi, koʻkrak qafasi va yurak sohasida ogʻriqlar, yurak faoliyatida buzilishlar paydo boʻlganda mashqlarni darhol toʻxtatish va shifokor bilan maslahatlashishni tavsiya qildi.

 Doimiy jismoniy faollik yuqori qon bosimi xastaligiga chalingan bemorlar uchun foydali mashgʻulot hisoblanadi. Chunki oʻrtacha intensivlikdagi mashqlar ta'siri ostida organizmda "davleniya" me'yorlashadi.

Tavsiyalar

Doimiy terapevtik mashqlar, piyoda yurish, suzish, velosiped uchish tavsiya qilinadi. Ular organizmning chidamliligini oshirib, umumiy periferik qon tomirlari qarshiligini kamaytiradi.

 Yodda tuting!

Shuni yodda tutish kerak:

• statik jismoniy faoliyat (ogʻirlik koʻtarish va uni ushlab turish, uzoq vaqt tik oyoqda turish yoki oʻtirish) qon bosimini oshirishi mumkin. Shu bois ulardan qochish;

• bosh va tanani yon tomonlarga burishda ehtiyot boʻlish;  

• tananing haddan ziyod qizib ketmasligi uchun jismoniy mashgʻulotlarni ertalab tongda bajarish lozim.

Haftada 4-5 marta 20-30 daqiqa yoki haftada 2-3 marta 40-60 daqiqa optimal mashgʻulot rejimi hisoblanadi.

Qarshi koʻrsatmalar

Jismoniy faoliyatga qarshi koʻrsatmalar:

 qon bosimi keskin oshganda (gipertonik kriz) va undan keyingi erta davr;  

 salomatlikning yomonlashuvi bilan qon bosimining sezilarli darajada pasayishi;

 yuqori qon bosimining 3-darajasi;

 yurak ritmining buzilishi kabi jiddiy asoratlar. 

 Nojoʻyi taʼsirlar kuzatilsa shifokorga murojaat qilish kerak

 Jismoniy mashgʻulotlar vaqtida nafas qisishi, koʻkrak qafasi va yurak sohasida ogʻriqlar, yurak faoliyatida buzilishlar paydo boʻlganda mashqlarni darhol toʻxtatish va shifokor bilan maslahatlashish lozim.