$
 12170.67
20.83
 14048.60
44.69
 152.30
1.2
weather
+26
Кечаси   +14°

Rossiyada muhojirlar bilan bog‘liq jinoyatlar kamaydi

Migrantlar

Rossiya Ichki ishlar vazirligining rasmiy vakili Irina Volk o‘zining Telegram kanalida boshqa davlatlar fuqarolari orasida jinoyatchilik darajasining kamayganini ma’lum qildi.

Qariyb 5 foizlik natija

Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yetti oyi davomida migrantlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni qariyb 5 foizga kamaygan. Noqonuniy harakatlar sodir etgan migrantlar soni ham 3,1 foizga tushgan. Ayniqsa, og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar – 9,2 foizga, jinsiy daxlsizlik va shaxsiy erkinlikka qarshi jinoyatlar – 2,5 foizga, narkotik moddalarning noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq jinoyatlar – 21,7 foizga kamaygani alohida e’tiborga ega. Volk bu natijaga Ichki ishlar vazirligi tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar tufayli erishilganini ta’kidlagan.

Kim haq-u, kim nohaq?

Ichki ishlar vazirligi 1-iyul kuni ham migrantlar o‘rtasida jinoyatchilikning kamayishi tendensiyasi haqida ma’lum qilgan edi.

Biroq, Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikinning iddaosiga ko‘ra, teskari tendensiya kuzatilmoqda: u migrantlar tomonidan sodir etilgan zo‘rlashlar soni 5 foizga, bolalarga nisbatan behayo harakatlar 25 foizga va ekstremistik xarakterdagi jinoyatlar 55 foizga oshganini ta’kidlagan.

Теги :
Jamiyat