Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 91 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +9° kechasi +8°

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markaziga nisbatan ish qo‘zg‘atildi

Qiymati 1,4 mlrd. so‘mdan ortiq ilovalar va veb-portalini yaratish yuzasidan ishlar o‘rganilgan.

1 daqiqa o‘qiladi

Tanqidiy murojaat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan boshlang‘ich qiymati 1,4 mlrd. so‘mdan ortiq bo‘lgan "qadriyatim,uz", "tanlov,ma’naviyat,uz" sayti va mobil ilovasini hamda markazning rasmiy veb-portalini yaratish xizmati bo‘yicha tanlov savdolari yuzasidan tanqidiy murojaatlar qoldirilgan.

Tekshirish ishlari va holat

 Ushbu holatga tezkorlik bilan aniqlik kiritish maqsadida, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan tanlov savdolari bo‘yicha o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

O‘rganish natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining "Raqobat to‘g‘risida"gi Qonunining 29-moddasi talablariga rioya qilinmaganligi alomatlari yuzasidan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markaziga nisbatan ish qo‘zg‘atildi va belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.