$
 12979.13
-10.87
 13513.87
-56.78
 131.22
-0.64
weather
+26
Кечаси   +14°

Aholining 264 million soʻmlik kommunal toʻlovlarini oʻzlashtirgan masʼullar qoʻlga olindi

korrupsiya

Yashnobod tumanida aholidan kommunal xizmatlari uchun kelib tushgan mablag‘larni o‘zlashtirgan MCHJ mas’ul shaxslari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.

Mablagʻlar MCHJning hisob-raqamiga kirim qilinmagan

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “V.E.” MCHJ mas’ul shaxslari va boshqalar o‘zaro til biriktirib, ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholidan kommunal xizmatlari uchun kelib tushgan 264,7 mln. so‘mni oʻzlashtirgan. Ular mablagʻlarni MCHJning hisob-raqamiga kirim qilmasdan shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Tergov boshlandi 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Теги :
Jamiyat