$
 12803.06
26.0
 13902.84
-17.77
 131.84
0.4
weather
+26
Кечаси   +14°

Oʻzbekiston mahallalarining 88 foizida turli jinoyatlar sodir etilgan

kishan

Joriy yilda Bosh prokuratura tomonidan noaniq sharoitlarda sodir etilgan 15 ming 977 ta jinoyat fosh etildi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsuddinov ma’lumot berdi.

46 foizida jinoyatchilik barqaror saqlanmoqda

Taʼkidlanishicha, huquqbuzarliklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish  borasidagi tadbirlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda. Ko‘rilgan choralar natijasida respublikadagi mahallalarning 1 ming 108 tasida yoki 12 foizida jinoyat qayd etilmadi, 4 ming 324 tasi yoki 46 foizida jinoyatchilik barqaror saqlanib qolinishiga va kamayishiga erishildi. 

Qidiruvda boʻlgan 6 mingdan ortiq shaxs ushlandi

Tezkor–qidiruv sohasida ham nazorat kuchaytirilib, noaniq sharoitlarda sodir etilgan 15 ming 977 ta jinoyat fosh etilishi hamda qidiruvda bo‘lgan 6 ming 255 nafar shaxsning ushlanishi ta’minlandi. Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovda qonunchilikka rioya etilishini  ta’minlash choralari doirasida surishtiruv va tergov organlarining 56 ming 465 nafar shaxsga nisbatan 45 ming 607 ta jinoyat ishi o‘rganilib, sudlarga yuborildi.

2,4 trln. so‘mlik zarar undirildi

Bevosita prokuratura organlari tomonidan 11 ming 100 ta jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov o‘tkazilib, 10 ming 234 nafar shaxsga nisbatan 6 ming 713 ta jinoyat ishi sudlarga yuborildi. Jinoyat oqibatida yetkazilgan 2,4 trln. so‘mlik zarar undirildi.

Jinoyatchilik 2,3 barobarga oshgan 

Eslatib oʻtamiz, O‘zbekistonda oxirgi besh yilda — 2019−2023-yillarda O‘zbekistonda qayd etilgan jinoyatlar soni 2,3 barobarga oshgan. 2019-yilda 46 089 ta (10 ming aholiga 13,7) jinoyat sodir etilgan bo‘lsa, 2023-yilda bu ko‘rsatkich 104 096 taga (28,3) oshdi.

Теги :
Жамият