Ipotekabank reklama bo‘yicha javobgarlikka tortildi
Instagram ijtimoiy tarmog‘ida bank tomonidan joriy qilingan "Super" nomli omonat turi reklamasi bo‘yicha javobgarlik belgilandi.
1 daqiqa o‘qiladi

Ipotekabank reklama bo‘yicha javobgarlikka tortildi
Instagram ijtimoiy tarmog‘ida bank tomonidan joriy qilingan "Super" nomli omonat turi reklamasi bo‘yicha javobgarlik belgilandi.
Tekshirish ishlari
Raqobat qo‘mitasi Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi Ipotekabank sahifasida bank tomonidan joriy qilingan "Super" nomli omonat turi bo‘yicha yillik foiz stavkasi 26 foizdan ekanligi haqida joylashtirilgan reklamaning qonun hujjatlari talablariga mosligi yuzasidan o‘rganish ishlari borilayotganligini ma’lum qilgan edi.
Tekshirish ishlari nihoyasiga yetdi.
Aniqlangan qonunbuzarlik va jazo
Qo‘mitaning iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi yuzasidan ishlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha Maxsus komissiyasi Ipotekabank tomonidan noto‘g‘ri reklamaga yo‘l qo‘ygan deb topilib, unga nisbatan belgilangan tartibda moliyaviy jarima qo‘llash haqida qaror qabul qilindi.
Shuningdek, qonunbuzilishi holatini bartaraf etish va kelgusida takrorlamaslik yuzasidan ko‘rsatma berildi.
Raqobat qo'mitasi komissiyaning ushbu qaroridan norozi bo‘lgan tomon qo‘mitaning apellyatsiya kengashiga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega ekanligini eslatib o'tdi.



